123-rasm.
Hujayralararo modda molekulalari bilan tashqi
yuzasining o‘zaro ta‘siri
Biriktiruvchi to‘qimaning qarilik, kollagenozlarda o‘zgarishi
Qarilikda biriktiruvchi to‘qimada suv
va asosiy moddaning tolaga
nisbati kamayadi. Bu koeffitsiyentning pasayishi kollagen miqdorining
ortishi va glikoproteinlar konsentratsiyasining pasayishi hisobiga
bo‘ladi. Birinchi navbatda gialuron kislota miqdori kamayadi.
Kollagenning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgaradi (kollagen eruvchi
fraksiyalari pasayadi, molekulalar ichidagi ko‘ndalang bog‘lari soni va
mustahkamligi ortadi, elastikligi va bo‘kish
xususiyati pasayadi,
kollagenazaga rezistentligi rivojlanadi va h.k.). Kollagen tolalarning
struktur stabilligi, ya’ni biriktiruvchi to‘qima fibrillalarining yetilish
jarayoni kuchayadi. Qarilikda metabolik jarayonlarni o‘zgarishi
natijasida kollagenning molekulyar strukturasi o‘zgaradi.
Biriktiruvchi to‘qimaning ko‘p o‘zgarishlari orasida kollagenozlar
asosiy o‘rinni egallaydi. Ular uchun biriktiruvchi to‘qima struktur
tarkibiy qismlarining o‘zgarishi o‘ziga xos bo‘lib hisoblanadi (tola,
hujayra, hujayraaro asosiy modda).
Kollagenozlarga revmatizm,
revmatoid artrit, sistemali qizil bo‘richa, sistemali sklerodermiya,
dermatomiozit va tugunchali pereartrit kiradi. Infeksion-allergik
nazariya kollagenozlarning kelib chiqishida asosiy bo‘lib hisoblanadi.
Revmatoid artritli kasallarda yallig‘lanish jarayonining faolligini
aniqlash uchun qon zardobida glikoproteinlar miqdorini aniqlashdan
keng foydalaniladi.
460
Revmatik artrit biriktiruvchi to‘qimaning sistemali kasalligi bo‘lib,
kollagen va proteoglikanlar almashinuvining o‘zgarishi bilan kechadi.
Shuning uchun, glikozaminlar miqdorini qon zardobida aniqlash muhim
diagnostik ahamiyatga egadir. Bu maqsadda
qon zardobida DNK va
RNK miqdori ham aniqlanadi. Kollagenozlarda interfibrillyar modda –
proteoglikan va kollagen bo‘lmagan oqsillarning metabolizmi keskin
o‘zgaradi. Geksozamin va gialuron kislotalar miqdori ortadi, kollagen
bo‘lmagan oqsillar to‘planadi. Kollagen tolalarning parchalanishi
kuchayishi kuzatiladi. Faol revmatik jarayonda kollagen fibrilalari
destruksiyasining ortishi kollagen va
oksiprolin saqlovchi yirik
peptidlarning qon zardobida paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada
kollagenozlarda erkin oksiprolin va kichik peptidlar bilan bog‘langan
peptidlarning ekskretsiyasi kuzatiladi (oksiprolinning siydik bilan
me’yorda ajralishi 15 mg/sutka). Uning miqdorining ortishi revmatik
jarayon faolligiga to‘g‘ri proporsional va uning mezoni bo‘lishi mumkin.
Oksiprolinning kollagenozlardagi ekskretsiyasi glyukokortikosteroid
preparatlari bilan me’yorlanadi.
Kollagen gidrooksillanishini buzilishi singa kasalligidagi
biokimyoviy yetishmovchiliklaridagi nuqsonlardan biridir.
Askorbat
kislota bo‘lmaganda yoki yetishmaganda sintezlangan kollagen
gidroksillanmagan bo‘ladi, natijada, past erish temperaturasiga ega.
Bunday kollagen normal strukturali tolani hosil qila olmaydi. Bu esa
terining jarohatlanishi va tomirlarni yorilishiga olib keladi, bu singada
aniq rivojlangan.
462
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
Ò.Ò. Áåðåçîâ, Á. Êîðîâêèí. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ.
Ìîñêâà «Ìåäèöèíà» 1990.
Ð. Ìàððè è äð. Áèîõèìèÿ ÷åëîâåêà. Ò. 1. Ìîñêâà «Ìèð» 1993.
ß. Êîëüìàí, Ê.-Ã. иì. Íàãëÿäíàÿ áèîõèìèÿ. Ìîñêâà «Ìèð» 2000.
A.Ya. Nikolayev. Biologik kimiyo. Toshkent. Ibn Sino nomidagi
nashriyot. 1991.
À. Óàéò è äð. Îñíîâû áèîõèìèè. Ìîñêâà. Èçäàòåëüñòâî «Ìèð» 1981.
Ò.Ò. Áåðåçîâ, Á. Êîðîâêèí. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ.
Ìîñêâà «Ìåäèöèíà» 2004.
À. Ëåíèíæåð. Îñíîâû áèîõèìèè. Ìîñêâà «Ìèð» 1985.
Ìîëåêóëû è êëåòêè. Ïîä ðåä. Ã. Ì. Ôðàíêà. Ìîñêâà.
Èçäàòåëñòâî «Ìèð» 1967
À.ß.Íèêîëàåâ. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ. Ìîñêâà. 2004.