Biokimyo pmd


MURAKKAB OQSILLAR KIMYOSI



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

MURAKKAB OQSILLAR KIMYOSI
Murakkab oqsil ikkita komponent saqlaydi – oddiy oqsil va oqsil
bo‘lmagan modda. Oqsil bo‘lmagan modda 
prostetik guruh
deb ataladi
(grekcha prostheto – biriktirilmagan). Odatda prostetik guruhlar oqsil
molekulasi bilan mustahkam bog‘langanlar. Biz quyida ba’zi murakkab
oqsillarning kimyoviy tabiati va biologik roli haqida ma’lumotlar
beramiz.
Xromoproteinlar
Xromoproteinlar (grekcha chroma – bo‘yoq) oddiy oqsil va u bilan
bog‘langan bo‘yalgan oqsil komponentdan iborat. Gemoproteinlar
(prostetik guruh sifatida temir saqlaydi), magniyporfirinlar bo‘lmagan
va flavoproteinlar (izoalloksazin unumini saqlaydi) tafovut etiladi.
Xromoproteinlar qator noyob biologik funksiyalarga ega: ular hayot
faoliyatining fundamental jarayonlari, ya’ni fotosintez, hujayra va butun
organizm nafas olishi, kislorod va uglerod dioksid tashilishi, oksidlanish
qaytarilish reaksiyalari, yorug‘lik nuri va rang qabul qilish va
boshqalar.
Shunday qilib, xromoproteinlar hayot faoliyati jarayonlarida muhim
rolni o‘ynaydilar. Masalan, gemoglobinning nafas funksiyasini uglerod
oksidi kiritish (CO) yoki to‘qimalarda kislorod sarflanishini sinil kislota
yoki uning tuzlari (sianidlar)ni kiritib hujayra nafas sistemasi
fermentlarini ingibirlash organizmni shu zahoti o‘limga olib keladi.
Xromoproteinlar energiyani akkumulyatsiya qilishda bevosita va faol
ishtirokchi bo‘lib hisoblanadilar. Ular yashil o‘simliklarda quyosh
energiyasini bog‘lashdan boshlab va uni odam va hayvon organizmida
sarflashgacha bo‘lgan o‘zgarishlarda qatnashadilar. Xlorofill
(magniyporfirin) oqsil bilan birgalikda o‘simliklar fotosintetik faolligini
ta’minlaydi, suv molekulasini vodorod va kislorodga parchalanishini
katalizlaydi (quyosh energiyasini yutib). Gemoproteinlar
(temirporfirinlar), aksincha, qaytar reaksiyani – energiya ajralishi bilan
bog‘liq bo‘lgan suv hosil qilishni katalizlaydi.


47

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin