13
Oqsillarning massasi turli usullar bilan aniqlanadi. Masalan,
ultratsentrafugirlash, gelfiltratsiya va elektroforez usullari. Ayrim
oqsillarning molekulyar massasi quyidagicha daltonlarga teng bo‘ladi:
3-jadval
Ba’zi oqsillarning molekulyar massalari
Ribonuklaza
13700
Mioglobin
176600
Qon
zardobi albumini
69000
Qon zardobi globulini
176000
Inson fibrinogeni
450000
Aktomiozin
5000000
Nukleoproteid TMV
40000000
Massa birligi dalton (Da) vodorod atom massasiga to‘g‘ri keladi
(1,0000). Massa birligi kilodalton (kDa) 1000 daltonga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pchilik oqsillarning massasi 10 dan 100 kilodaltonga tengdir.
Bir necha ming oqsillarning aminokislota
tarkibi va ketma-ketligi
aniqlangan. Shuning uchun, ularning molekulyar og‘irligini yuqori
aniqlik bilan topish mumkin. Oqsillar molekulyar og‘irligini
sedimentatsion analiz usuli bilan aniqlash ultratsentrifugalarda
o‘tkaziladi, bunda 200000
dan ortiq, ya’ni yer tortish kuchidan yuqori
markazdan qochuvchi tezlanishni (g) hosil qilish mumkin bo‘ladi.
Odatda, molekulyar og‘irlikni oqsil molekulasining sedimentatsion
tezligi yoki sedimentatsion muvozanati bo‘yicha hisoblab topadilar.
Molekulalarning markazdan periferiyaga siljishi davrida erituvchi-oqsil
o‘rtasida keskin chegara hosil bo‘ladi (avtomatik aniqlanadi).
Erituvchi
va oqsilning optik xususiyatlaridan sedimentatsiya tezligini aniqlashda
foydalaniladi va u sedimentatsiya konstantasi S bilan belgilanadi, oqsil
zarrachasining massasi va shakliga bog‘liq:
V
Dostları ilə paylaş: