16
Oqsil molekulalarining shakli va o‘lchami
Oqsil molekulalarining shakli ultratsentrifugalash, rentgenstruktur
analiz asosida yoki elektron mikrosko‘pda aniqlanadi.
Tahlillar shuni
ko‘rsatdiki, oqsil molekulalari har uch o‘lchami bo‘yicha assimetrik
moddalardir.
Tabiiy oqsillar molekulasining shakliga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
globulyar va fibrillyar. Fibrillyar oqsillarning molekulasi ipsimon bo‘lib,
uzunligi diametriga nisbatan 100 marta ko‘proqdir.
Globulyar oqsil molekulasi sferik shaklga ega bo‘lib, uning uzunligi
diametriga qaraganda 3-10 marta ortiqdir. Masalan:
elastin oqsil
molekulasining diametri 70 nm bo‘lib oval shaklda, gemoglobin oqsilini
diametri 220 nm bo‘lib ozgina cho‘zinchoq shaklda,
miozin
molekulasining diametri 100 nm bo‘lib, uzunligi ming angstremga teng.
Shunday qilib, miozin oqsili tolasimon bo‘ladi.
Fibrillyar va globulyar oqsillarining xossasi xar xil bo‘ladi. Ayrimlari
suvda va tuz eritmalarida eriydi. Ko‘pchilik fibrillyar oqsillar suvda
erimaydi. Fibrillyar oqsillarga – miozin, ipak, fibrinogen,
kollagen va
elastinlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: