Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Asalari mumi ‒ 
ishchi asalarilarning maxsus bezlari tomonidan ishlab 
chiqariladi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan 
mirisilpalmitat
hisoblanadi:
 
СН
3
(СН2)
30-
О-СО-С
15
Н
31 
Lekin asalari mumi tarkibida erkin yog‗ kislotalari, erkin spirtlar va 
karbonvodorodlar ham uchraydi. Asalari mumi tarkibida uni rangi va hidini 
belgilovchi moddalar, shuningdek, mineral birikmalar bo‗ladi. 
Asalari mumi 
kislota
ga
 
chidamli, 
namlik
va 
elektr
toki
ni 
o‗tkazmaydi 
va 
shu sababli elektrotexnika, radiotelefon, oziq-ovqat, farmatsevtik, shisha, 
parfyumeriya sanoatlarida, galvanoplastika va boshqalarda foydalaniladi. 
Qadimdan asalari mumidan tibbiy maqsadlarda: plastirlar, surtmalar tayyorlashda 
foydalanib kelingan, ularni yuz qoplamalari, kremlar tarkibiga qo‗shiladi. 
Neytral yog‗lardan farqli o‗laroq, asalari mumi 
yorug‗lik, oksidlovchilar, 
qizdirishga chidamli, qiyin
gidrolizlanadi. 
9.4. 3. Fosfoglitseridlar 
Fosfoglitseridlar fosfolipidlar, plazmogenlar va kardiolipinlardan tashkil 
topadi. 
Fosfolipidlar ‒ 
fosfatidil kislotaning hosilalari hisoblanadi va ularning tarkibi 
glitserin, yog‗ kislotalari, fosfat kislota va azot tutuvchi asosdan tashkil topadi.
 
Fosfatidil kislota va fosfoglitseridlarning umumiy formulasi quyidagicha:
 
 
 
Fosfatid kislota 
 
 
 
Fosfogliserid 


178 
Barcha lipidlar orasida fosfoglitseridlar ko‗zga yaqqol tashlanadigan qutbiy
xossalarga ega. Fosfoglitseridlar suv eritmalariga qo‗shilganda, chin eritmaga 
kamgina qismi o‗tib, lipidning asosiy qismi suv tizimida misella tarzida joylashadi. 
Fosfolipidlar birnecha kenja sinfga bo‗linadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin