Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Protoplazmatik 
(konstitusion)
yog‗ ‒ 
har bir hujayraning tarkibini tashkil 
qiladi.
 
U hujayralarning mitoxondriyalari, mikrosomalari va boshqa subhujayraviy 
elementlari membranalarini tarkibiga kiradi. Bu membranalar hujayralarga va 
subhujayraviy elementlarga 
ozuqa moddalarini kirishi
va so‗nggi 
almashinuv 
mahsulotlarini ulardan 
chiqarilishini
boshqaradi. Protoplazmatik yog‗larning 
odamdagi miqdori doimiy ko‗rsatkichga ega va umumiy yog‗ miqdorining 25 % ni 
tashkil qiladi. Bu miqdor doimiy, 
och 
qolganda va 
patologik 
holatda ham amaliy 
jihatdan o‗zgarmaydi. 
Zaxira (rezerv) yog‗lari ‒
energiyani konservatsiyalashning eng qulay shakli 
hisoblanadi. Bu narsa yog‗ning karbonsuvlar va oqsillarga nisbatan ikki marta 
ko‗proq kaloriyligidadir. Rezerv yog‗ning organizmdagi miqdori har xil sharoitlar 
(jins yosh, mehnat faoliyati turi, ovqatlanish h.k.lar)ga bog‗liq holda o‗zgarib 
turishi mumkin. O‗rtacha organizmda taxminan 7-8 kg rezerv yog‗ bo‗lishi 
mumkin. Organ va to‗qimalardan miya, sperma, tuxumdon hujayralari lipidlarga 
boy bo‗ladi va organning 7,5-30 % ni tashkil qiladi.
 
 
9.4.2. Mumlar 
Mumlar
– yuqori molekulyar yog‗ kislotalari (16 tadan 22 tagacha uglerod 
atomlari bo‗lgan)ning bir yoki ikki atomli spirtlar bilan hosil qilgan 
murakkab 
efirlaridir
. Hayvonlarda mumlar teri, jun, patlarning lipidlarini tarkibiga kiradi, 
o‗simliklarda esa, mumlar barg va mevalarning yuza pardasini 80 % tashkil qiladi. 
Ular mikroorganizmlar tarkibiga ham kiradi. Mumlar organizmda, asosan,
 himoya
funksiyasini bajaradi. Mumlarning tarkibiga palmetin, stearin va olein kislotalari 
qatori faqat mumlar tarkibida uchraydigan – karnoub (С
24
Н
48
О
2
), serotin 

27
Н
54
О
2
) kislotalar uchraydi. Spirtlardan setil (СН
3
(СН
2
)
15
ОН), mirisil 
(СН
3
(СН2)
30
ОН), n-geksakozanol (СН
3
(СН
2
)
25
ОН va boshqalar uchraydi. Tabiiy 
mumlar tarkibida yuqorida keltirilgan murakkab efirlardan tashqari, 21-35 uglerod 
atomlaridan 
tashkil 
topgan 
ba‘zi erkin yog‗ kislotalari, spirtlar va 
karbonvodorodlar ham uchraydi. Hayvon mumlaridan spermatset, lanolin va 
asalari mumi muhim ahamiyatga ega. 
Spermatset
– kashalotning bosh suyagi chuqurchasida joylashgan fibroz 
xaltachadan ajratib olinadi va u exolokatsiyada tovushni o‗tkazish vazifasini 
bajaradi. Kimyoviy jihatdan 
setilpalmitat 
murakkab efiri hisoblanadi: 


177 
СН
3
(СН
2
)
15
О-СО-С
15
Н
31 
Spermatset parfyumeriyada kremlar, surtmalar tayyorlashda asos sifatida 
foydalaniladi, chunki u lanolin ‒ qo‗ylarning junini moylovchi moddasi kabi teri 
orqali yaxshi so‗riladi.
Lanolin
kimyoviy 
jihatdan 
sterid 
hisoblanadi. 

lanosterin 
va 
agnosterinlarning lanolin, palmetin, stearin kislotalari bilan hosil qilgan murakkab 
efirlaridir. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin