Biokimyo va molekulyar biologiya


 Lipidlarning almashinuvi va biosintezi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

9.5. Lipidlarning almashinuvi va biosintezi 
9.5.1. Lipidlarning ovqatlanishdagi roli. 
Lipidlar ovqatning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Voyaga yetgan 
odam bir kecha-kunduzda faoliyat turi, jinsi, iqlim sharoitlariga bog‗liq holda 70 
dan 145 gr gacha yog‗ kerak bo‗ladi. Yog‗lar hayvonlar uchun ham, o‗simliklar 
uchun ham muhim komponent hisoblanadi. Lipidlar yuqori energetik organik 
moddalar, ular evaziga odam organizmining energiyaga bo‗lgan etiyojini 25-35 % 
qondiriladi. Yog‗lar yog‗da eruvchi A, D, K va E vitaminlarini, to‗yinmagan yog‗ 
kislotalari (F vitamini)ning qonga so‗rilishida muhim ahamiyatga ega. O‗simlik 
yog‗lari fosfolipidlar va boshqa prostaglandinlar hisoblangan biofaol moddalar 
biosintezi uchun dastlabki asosi sifatida xizmat qiladi.
9.5.2. Lipidlaring hazmlanishi va so‗rilishi. 
Yog‗larning hazm bo‗lishi me‘dada boshlanadi, u yerda lipaza fermenti bor. 
Me‘dada faqat emulsiyalangan yog‗ hazm bo‗ladi, bu xildagi hazm bo‗lish ko‗krak 
suti emadigan chaqaloqlardagina sodir bo‗ladi. Demak, aslida yog‗larning asosiy 
hazm bo‗lishi o‗n ikki barmoqli ichakda sodir bo‗ladi, unga tarkibida lipaza 
bo‗lgan 
oshqozonosti bezi
shirasi, o‗t xaltasidan o‗t suyuqligi quyiladi. O‗t 
tarkibidagi 
xol, dezoksixol, litoxol, xenodezoksixol, tauroxol 
va
glikoxol
kislotalar sirt tarangligi yuqori moddalar bo‗lib, yog‗larni emulsiyalab fermentativ 
jarayonni kechishini yengillashtiradi. Yog‗larni emulsiyalanishida oshqozonosti 
bezi va ichak shiralari ta‘siri natijasida ovqat luqmasini neytrallashda ajraladigan 
karbonat angidrid pufakchalari ham ishtirok etadi. Emulsiyalanishni ta‘minlashda 
lipidlarni gidrolizi vaqtida hosil bo‗ladigan yog‗ kislotalari tuzlari (sovun) 
qatnashadi. Lekin bunda asosiy rolni o‗t kislotalari o‗ynaydi. Qayd qilingan 
jarayonlarda juda yupqa emulsiya hosil bo‗lib, uning zarrachasining kattaligi 0,5 
mmkdan oshmaydi. Bu xilda emulsiyalangan yog‗lar ichak devorlari orqali 
o‗taoladi va limfa tizimiga kiradi. Lekin emulsiyalangan yog‗ning asosiy qismi 
pankreatik lipazalar ta‘sirida gidrolizlangandan keyin so‗riladi. Ovqat tarkibidagi 
lipidlarning asosiy massasi triglitseridlar shaklida bo‗lib, fosfolipid va steroidlar 
esa kam miqdorni tashkil qiladi. Triglitseridlarning gidrolizi asta-sekin bosqichma-
bosqich yuz beradi:
Bu reaksiyalar triatsilglitseridning 1,3-diefir bug‗lariga nisbatan maxsuslikni 
namoyon qilgan 
lipaza
tomonidan katalizlanadi. Hosil bo‗lgan monoglitseridning 
2-bog‗ini boshqa lipazalar katalizlaydi:


185 
Me‘da osti bezi shirasi tarkibida lipazadan tashqari kalta zanjirli kislota 
qoldiqlari va xolesterinning efirlarini katalizlovchi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin