01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
o‗t kislotalari va
D 3 vitamini ning
hosil bo‗lishidir. Yana bundan tashqari xolesterin funksiyalari
hujayra membranalarini
o‗tkazuvchanligini boshqarishda ishtirok etish va qon
eritrotsitlarini
gemolitik zaharlar ta‘siridan himoya qilish hisoblanadi. Yangi
ilmiy ma‘lumotlarga binoan, xolesterin
uch karbon kislotalari sikli fermentlarini
faollaydi. Xolesterin hayvon to‗qimalari, ba‘zi suv o‗tlari va juda kam miqdorda
o‗simliklar changlari, hamda urug‗larini yog‗lari tarkibida bo‗ladi. O‗simliklardan
qator
fitosterollar ajratib olingan. O‗simlikda uchraydigan sterollardan keng
tarqalganlari
sitosterol С 29 Н 49 ОН va
stigmasterol С 29 Н 47 ОН hisoblanadi
. Yuksak o‗simliklardan hasharotlarning yuvenil gormoni va tulash gormoni-
ekdizon gormoni ajratib olingan, hozirgi kunda ularning umumiy soni 40 dan
oshdi. Bu gormonlar hasharotlarning lichinkadan boshlab rivojlanishini
boshqarishda
ishtirok
etadigan
gormonlar
bo‗lib, ularning
rivojlanish bosqichlarining davriy ravishda yuz berishi va oxirida
g‗umbak hosil bo‗lishini
boshlab berish bilan bog‗liq jarayonlarni boshqarilishida ishtirok etadi.
Sterollar ayniqsa, achitqi va mog‗or zamburug‗larida ko‗p uchraydi. Ularning
asosiy steroli
ergosterol С 28 Н 43 ОН hisoblanadi. Hamma sterinlar va sterollar
quruq rangsiz moddalar. Tabiatda ayniqsa, hayvonlarda ular ko‗pincha oqsillar
bilan birga kompleks shaklda uchraydi.