01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Ximotripsin ham nofaol ximotripsinogen
shaklida ishlab chiqariladi.
Ximotripsinogen ichak muhitida tripsin ta‘sirida ximotripsinga aylanadi. Bunda
bitta peptid bog‗ning uzilishi yuz beradi. Ximotripsin ham tripsin kabi past
molekulali polipeptidlarning hosil bo‗lishi bilan kechadigan parchalanish
reaksiyalarida ishtirok etadi. U tripsin ta‘sir eta olmaydigan bog‗larni uzishda
qatnashadi.
Ximotripsin ta‘sirida tirozin, triptofan va fenilalaninlarning karboksillari
tomonidan hosil bo‗lgan bog‗larning parchalanishi katalizlanadi. Ximotripsin sutni
ivitadi, lekin qonni ivita olmaydi, tripsin esa qonni ivitib, sutni ivita olmaydi.
Ximotripsin ba‘zi holatlarda oqsil molekulasini tripsinga qaraganda ancha
chuqurroq gidrolizlaydi. Oqsillarning peptid bog‗larini taxminan yarmi ximotripsin
tomonidan parchalanadi.
Elastaza bu ferment ham dastlab proelastaza tarzida sintezlanadi.
Profermentning fermentga aylanishi tripsin ishtirokida yuz beradi. Bu fermentni
elastaza deb nomlanishiga sabab, uning substrati tarkibida glitsin va seringa boy ‒
elastin (biriktiruvchi to‗qima oqsili) bo‗lganligi tufaylidir. Bu ferment neytral
aminokislotalar, xususan, glitsin, alanin va serinlar o‗rtasidagi peptid bog‗larga
ta‘sir ko‗rsatadi, ayniqsa, elastin oqsiliga nisbatan maksimal faollikni namoyon
qiladi.
Shunisi qiziqarliki, tripsin ham, pepsin ham elastinning peptid bog‗larini
gidrolizlamaydi, holbuki elastaza bilan birgalikda bu uchala fermentlarning
aminokislota
ketma-ketliklari
va
disulfid
ko‗prikchalarining joylashuvi,
shuningdek, faol markazda aynan serin qoldig‗ining bo‗lishi tamoman bir xildir.
Bu xulosalar diizopropilftorfosfat bilan o‗tkazilgan tajribalar asosida isbotlangan
bo‗lib, bu uchchala ferment ham detergentning faol markazda joylashgan
serin
aminokislotasini
OH- guruhi bilan birikib ingibirlanishiga asoslangan.
Shu nuqtayi nazardan, oshqozonosti bezi endopeptidazalari ‒ tripsin,
ximotripsin va elastazalar dastlab uchalasining umumiy ko‗rinishi bir xil bo‗ladi va
faol fermentning maxsuslik jihatlari keyinchalik, asosan, ekzopeptidazalarning
faollanishi
jarayonida
profermentning
konformatsion
o‗zgarishlari bilan
belgalanadi degan fikr mavjud. Oqsillarni ingichka ichakda hazm bo‗lishida