Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Aminokislotalarning
dekarboksillanishi. 
Aminokislotalardan karboksil 
guruhning CO

tarzida ajralishini dekarboksillanish deyiladi. Hayvon to‗qimalarida 
dekarboksillanish natijasida biogen aminlar hosil bo‗ladi. Ular odam va 
hayvonlarning ko‗p fiziologik funksiyalariga kuchli farmakologik ta‘sir ko‗rsatadi. 
Hayvon to‗qimalarida tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin, serin, gistidin, 
glutamin va oksiglutamin kislotalar, 3,4-dioksifenilalanin, sistein, arginin, ornitin 
va 
boshqalarning 
dekarboksillanishi 
o‗rganilgan. 
Tirik 
organizmlarda 
dekarboksillanishning to‗rt xili mavjudligi aniqlangan: 
1. Dekarboksillanish, hayvon to‗qimalari uchun tavsifli bo‗lib, bunda
 
α-
karbon atomiga yaqin joylashgan karboksil guruh ajralib chiqadi. Reaksiya 
mahsuloti CO

va bioaminlar hisoblanadi:
2. 
ω-dekarboksillanish mikroorganizmlarga xos. 
Masalan,
 
asparagin 
kislota dekarboksillanganda α-alanin hosil bo‗ladi: 
3. Transaminlanish bilan bog‗liq bo‗lgan dekarboksillanish: 
4. 
Ikkita 
molekulaning 
kondensatsiyasi 
bilan 
bog‗liq bo‗lgan
dekarboksillanish
:


106 
 
6.4. Aminokislotalar almashinuvida hosil bo‗ladigan faol moddalar va 
ularning ahamiyati
Dekarboksillanish reaksiyalari aminokislotalarning oraliq almashinuvidagi 
boshqa reaksiyalardan farqli o‗laroq, qaytmas reaksiya hisoblanadi. 
Aromatik aminokislotalarning dekarboksillanishi dekarboksilaza tomonidan 
katalizlanib, bu ferment substrat maxsusligiga ega emas va triptofan, 5-
oksitriptofan 
hamda 
3,4-dioksifenilalanin 
(DOFA)larni 
dekarboksillanish 
reaksiyalarini katalizlaydi; reaksiya mahsuloti CO

dan tashqari o‗zaro mos holda 
triptamin, sertotin va dioksifeniletilamin (dofamin) lardan tashkil topadi.
Aromatik aminokislotalarning dekarboksilazasi toza holda ajratib olingan, 
uning molekulyar massasi 112000 Da ga teng. Dekarboksilaza ko‗p miqdorda 
buyrakusti bezi va markaziy asab tizimi (MAT)da uchraydi; u biogen aminlarning 
miqdoriy ko‗rsatkichini boshqarilishida ishtirok etadi 
Serotonin 
qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sirga ega. Shuningdek, u arterial 
bosim, tana harorati, nafas olish, buyrak filtratsiyalarini boshqarilishida ishtirok 
etadi, MATdagi jarayonlarda mediator vazifasini bajaradi. Hayvon to‗qimalarida 
maxsus 
dekarboksilaza-gistidinkarboksilaza 
ta‘sirida 
yuqori 
tezlikda 
dekarboksillanish yuz beradi:
Gistidin Gistamin 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin