Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
9.2. Lipidlarning biologik roli
1. Lipidlar hujayralar va subhujayraviy elementlarining membranalarini 
tuzilmaviy (strukturaviy)
elementlardir. Shu sababli ular hujayraga tashib 
kelinadigan 
moddalar 
miqdorini 
belgilaydi 
va 
membranilarning 
o‗z 
funksiyalarinini bajarishlari jarayonlarda ishtirok etadi. 
2. Ular organizm uchun 
energetik
material vazifasini bajaradi. Ma‘lumki, 1 
gr yog‗ to‗liq oksidlanganda 39 kDj energiya hosil bo‗lib, bu karbonsuv yoki 
oqsildagidan 2 marta ko‗p. 
3. Lipidlar 
zaxira (zapas-depo) moddalar 
hisoblanib,
 
ular organizmda
 
metabolitik ―yoqilg‗i‖ shaklida to‗planadi.
4. Ular 
termoizolyasion (antifriz 
dengiz va qutb hayvonlarida), funksiyani 
bajaradi, buni organizmning himoya funksiyasi ham deb qarash mumkin. Sahro 


171 
hayvonlarida yog‗ qatlamlari 
suvni iqtisod
qilishni ta‘minlaydi. Ko‗p hayvonlarda 
yog‗ to‗shamlari 
mexanik
ta‘sirdan saqlash, terini 
moylab 
turish uchun xizmat 
qiladi. O‗simliklarda barglarning va mevalarning sirtidagi 
mum
, ularni oshiqcha 
miqdorda 
suvni
bug‗latishdan
himoyalaydi. Ba‘zi lipidlar oqsillar va 
karbonsuvlar bilan birikib hosil qilgan birikmalari (glikolipoproteinlar) 
immunitet 
uchun ham daxldor bo‗ladi

5. Lipidlar molekulyar darajada sodir bo‗ladigan 
boshqaruv jarayonlari
da 
qatnashadi.
 
Membranalar bilan bog‗langan fermentlarning (masalan, oksidlanuvchi 
fosforlanishda ishtirok etuvchi) faolligi
 
lipidlarning xossalari va strukturalariga 
bog‗liq bo‗ladi. Glikolipidlar nerv to‗qimasining muhim komponenti bo‗lganligi 
sababli nerv tizimi funksiyasiga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shunday taxmin borki, unga ko‗ra lipidlarning membranadagi ta‘sirini eng 
muhim funksiyalaridan biri, ularning
fermentativ reaksiyalarda noyob tartibli, 
ma‘lum yo‗nalishdagi, gidrofob yuzali ―kofaktorligining uyushgan holati‖ 
darajasini tuzish uchun xizmat qilishdan iborat. Glikolipidlar asab to‗qimalarini 
eng muhim komponentlari bo‗lib, asab tizimi funksiyasini boshqariluviga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Lipidlar bakteriyalar uchun alohida ahamiyatga ega, ularning 
taksonomik induvidualligini, turga oid farqli jihatlarini, patogenlik tipi va boshqa 
xususiyatlarini belgilaydi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin