25
jarayonlarini namoyon bo‗lishini ta‘minlovchi oqsillarning
funksiyalari bilan
bog‗liqdir. Bu xususiyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- strukturasini cheksiz xilma-xilligi va shu bilan birgalikda, uning turga xos
bo‗lgan maxsusligi;
- fizik va kimyoviy o‗zgarishlarning o‗ta darajadagi xilma-xilligi;
- hujayra ichida yuz beradigan o‗zaro ta‘sirlanish qobiliyati;
- tashqi ta‘sirga molekula konfiguratsiyasini o‗zgartirish orqali javob berish
va ta‘sir tugagan zamon dastlabki holatni tiklash qobiliyati;
- boshqa kimyoviy birikmalar bilan komplekslar va
tuzilmalarni hosil qilish
yo‗li bilan o‗zaro ta‘sirlanishga moyilligi;
- biokatalitik va boshqa xildagi xususiyatlarning mavjudligi.
Tirik organizmlar oqsillarining elementar tarkibiga kelsak, miqdor jihatdan
ular quyidagicha bo‗ladi:
uglerod 50,0-55,0 %;
vodorod 6,5-7,3 %;
azot 15,0-18,0 %;
kislorod 21,0-24,0 %;
oltingugurt 0,0-20,54 %;
kul qoldig‗i 0,0-0,5 %.
3.2. Oqsillar kimyosida qo‗llaniladigan uslublar
Oqsillarni ajratish va tozalashning birinchi bosqichi ularni hujayralardan xoli
qilishdan boshlanadi. Buning uchun hujayralarning butunligi buziladi, ya‘ni ular
gemogenatga aylantiriladi. Hujayralar va to‗qimalarni
gomogen holatga
keltirishning turli xil uslublari mavjud va ularni tanlash dastlabki obyektning
xususiyatlari, tarkibi, barqarorlik holati bilan belgilanadi. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi:
1) o‗simlik to‗qimalari va hujayralarini qattiq tavsifli material-abraziv (kvars
qumi) bilan gomogenlash;
2) porshensimon-pestikli aylanib turuvchi gomogenizator yordamida
gomogenlash;
3) hujayralar suspenziyasini diametri 50-500 mikron bo‗lgan
kichik shisha
bo‗lakchalar qo‗shib silkitib gomogenlash;
4) bosimni oshirish va pasaytirish asosida gomogenlash;
5) hujayra suspenziyasini elakday qurilmadan siqib o‗tkazish orqali
gomogenlash;
6) maxsus ultratovush-dezintegrator qurilmalari yordamida gomogenlash;
7) hujayrali biomaterialni muzlatib va eritib turishni takror-takror amalga
oshirish asosida shikastlash.
26
Biomaterialni gomogenlashdan keyin undagi oqsillar ekstraksiyalanadi. So‗ng
ularni fraksiyalarga ajratish uchun ―tuzlash‖ amalga oshiriladi. Tuz qo‗shish yo‗li
bilan ajratilgan oqsil fraksiyalarida ko‗p miqdorda tuz mavjud bo‗lganligi sababli,
ularni ajratish uchun oqsil cho‗kmasi dializlanadi yoki molekulyar elak orqali gel-
filtratsiyalanadi.
Oqsillarni tozalashning keyingi bosqichi
xromatografiya yordamida
fraksiyalash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Xromatografiya yo‗li bilan
fraksiyalashning: adsorbsion, taqsimlovchi,
ion almashinuvi orqali, molekulyar
elakli va affin xromatografiyasi uslublari mavjud. Oqsillarni elektroforez (qog‗oz,
kraxmal va poliakrilamid-gellari yordamidagi) uslubida fraksiyalashdan ham
foydalaniladi. Tozalangan oqsil preparatlari, dializlanadi, so‗ng liofilizatsiyalanadi
(ya‘ni sublimatsiyalanadi ‒ eritmalarini muzlatib,
vakuumga joylashtirib
bug‗lantiriladi), keyin ularning gomogenligi aniqlanadi, gidrolizlagandan keyin
aminokislota tarkibi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: