17
Makroelementlar
I
10
O, H
II
1
C
III
0,1
N, P, K, Ca, Si,
IV
0,01
Mg, S, Fe, Na, CI, Al
Mikroelementlar
V-VII
0,001-10
-5
Mn, B, Cu, Zn, Ba, Li, Ni,
Rb, F va boshqalar
Ultramikroelementlar
VIII-XIV
10
-6
-10
-12
Mo, I, As, Ag, Hg, Au,
Pb, Ra va boshqalar
Alohida olingan taksonomik guruhlar va ba‘zi kimyoviy elementlarga bo‗lgan
talab bir xil emas. Masalan, mishyakning o‗sishga ijobiy ta‘siri
faqat bir qator
yo‗sinlar va mog‗or zamburug‗lari uchun xos ekanligi ishonchli tarzda isbotlangan.
Bundan tashqari, V.I.Vernadskiy va uning shogirdi A.P.Vinogradovlar
o‗simliklarning elementar kimyoviy tarkibi, ularning sistematik belgisi sifatida
xizmat qilishi mumkinligi haqidagi qoidani taklif qildilar. Xususan, suv o‗tlarida
yodning miqdori va taksonomik tavsiflanish bo‗yicha ishonchli darajadagi
korrelatsiya mavjudligi ko‗rsatib berilgan. Tabiatda ancha keng tarqalgan qo‗ng‗ir
suv o‗tlarining Laminariaceae oilasining yodga boy bo‗lgan avlodlari va turlari
mavjud.
Shu bilan birgalikda, aytish mumkinki, o‗sha dengizlarning o‗zida
tarqalgan Fucaceae oilasiga mansub qo‗ng‗ir suv o‗tlari tarkibida yod ancha kam
uchraydi.
Biosferadagi
elementlarning
tarqalishi,
ularning
biologik
roli
va
D.I.Mendeleyev davriy sistemasida tutgan o‗rni o‗rtasida ma‘lum bir bog‗lanish
mavjud. Tirik organizmlarda uchraydigan moddalarning 99 % dan ko‗prog‗i ushbu
davriy sistemaning dastlabki uch davrida, ya‘ni yengil elementlaridan tashkil
topgan. Umumiy qoidaga muvofiq, bir kimyoviy guruhning o‗zida
kichik
guruhdagi yengil elementlardan og‗ir elementlarga qarab o‗tishda (masalan, Zn >
Cd> Hg) elementlarning massasi va toksikligi oshadi, hamda biryo‗la ularning
biomassa tarkibidagi miqdori kamayadi.
O‗z ichiga 4-davrning Mn. Fe. Co. Ni. Cu. Zn va boshqa (20 dan 30 gacha)
elementlari ―o‗tuvchi metallar‖ deb nomlangan bo‗lib, bu elementlarning ko‗plab
birikmalari yuqori biologik faollikka ega. Bu ularning kompleks birikmalar hosil
qilishda markaziy atom rolini bajara olish qobiliyatlari bilan bog‗liqdir. Murakkab
birikmalar ko‗pincha katalitik faollikka ega bo‗lib, fermentlar molekulasining
(masalan, temir gemin fermentlarining) tarkibiga kiradi.
Davriy sistemaning ba‘zi kichik guruhlari elementlari biologik jarayonlarni u
yoki bu darajada bir-birini almashtirishi mumkin (masalan, Ca va Ba, Cl va Br).
18
Biosfera massasining taxminan 98 % to‗rt xil element: vodorod, kislorod, uglerod
va azotlardan tashkil topgan. Ular elektronlarni osongina birlashtiradilar va kuchli
kovalent bog‗lanishlarni hosil qiladilar. Bu elementlar atomlarining kichik
o‗lchamlikdaligi ham qisqa, ham kuchli kimyoviy bog‗lanishlarning shakllanishiga
sababchi bo‗ladi. Bu xildagi barqaror bog‗lanishga ega bo‗lgan
molekulalar
kimyoviy va boshqa ta‘sirlarga nisbatan chidamli bo‗ladi. Mazkur elementlarning
ko‗p karrali (qo‗sh va uchlamchi) bog‗larni hosil qilish qobiliyati katta ahamiyatga
ega, chunki shu sabab ular noyob xossalarga ega bo‗ladi hamda ko‗p sonli va har
xil turdagi birikmalarni hosil qiladi.
Yerdagi kremniy zaxiralari uglerodga nisbatan 135 baravar ko‗p. Biosferadagi
kremniyning roli uglerodga qaraganda ahamiyatliroq tuyuladi. Ammo unday emas.
Kislorod ishtirokida kremniy SiO
2
dan bir xildagi, erimaydigan va faolikka ega
bo‗lmagan polimerlarni hosil qiladi. Uglerod atomlarining kremniyga nisbatan
kichikroq o‗lchamlari, ularni yanada mustahkamligini ta‘minlaydi. Jumladan,
kovalent
faqat bittagina emas, balki qo‗sh va uch bog‗larni ham hosil qilish
imkonini beradi. Ugleroddan boshqa biron bir kimyoviy element turli xil
konfiguratsiyalarni, o‗lchamlarni, funksional guruhlarni, kimyoviy va biologik
faolliklarga ega bo‗lgan molekulalarni hosil qila olmaydi.
Tirik organizmlar tarkibini asosan: oqsillar,
nuklein kislotalar, uglevodlar,
lipidlar, suv, mineral moddalar tashkil qiladi. Ular bilan bir qatorda ba‘zi boshqa
organik moddalar: karbon kislotalar, uglevodorodlar, aminlar, spirtlar,
aldegidlar
ham tirik organizmlarning tarkibida uchrashi mumkin.
Faqat o‗simlik to‗qimalariga xos bo‗lgan moddalar mavjud, ularga efir
moylari, alkaloidlar, taninlar kiradi. Nihoyat, tirik organizmlarning to‗qimalarida
odatda oz miqdorda uchraydigan, lekin modda almashinuvi boshqarilishida muhim
rol o‗ynaydigan moddalar: gormonlar, fermentlar,
vitaminlar, antibiotiklar,
fitonsidlar va boshqalar organik moddalarning alohida guruhlari sifatida ajratilishi
kerak. Bu moddalarni biologik faol birikmalar guruhi sifatida birlashtiriladi.
Hujayraning eng kichik organlari organoidlar (organellalar) bo‗lib, ular yana
hujayraning subhujayraviy elementlari deyiladi. Bularga hujayra membranasi,
yadro, mitoxondriya, endoplazmatik retikulum, lizosomalar, mikrosomalar,
ribosomalar, xloroplastlar va gialoplazmalar kiradi. Bundan tashqari, hujayrada
mikrotanachalar, peroksisoma, glikosoma va nihoyat, vakuolalar hamda ba‘zi
zaxira donachalari kiradi.
Agar hujayraning kimyoviy tarkibi to‗g‗risida mulohaza yuritsak, undagi
makromolekulyar birikmalarning miqdoriy ko‗rsatkichlari 2-jadvalda o‗z
aksini
topgan.
.