15
jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchi bo‗lgan energiya oqimi; va har bir
organizmni rivojlanishi
va yashashigagina emas, balki uzluksiz almashinib
turuvchi avlodlarga oid xilma-xil axborotlarni o‗zida mujassamlashtirgan
ma‘lumotlar oqimini kiritish mumkin.
Molekulyar biologiyaning jadal rivojlanish yo‗liga kirganligining sababi
aniq fanlarning yirik olimlar armiyasi ‒ fiziklar, kimyogarlar, kristallograflar va
matematiklarning biologik muammolarni echishga faol
kirishishlari tufayli yuz
bera boshladi. Ular ishtirokida yechimi topilgan muammolar quyidagilarni o‗z
ichiga oladi:
- DNK ning tuzilishi, biologik funksiyasi, barcha RNK xillari va
ribosomalarni, shuningdek, barcha genetik kodning ochilishi;
- teskari transkripsiyani, ya‘ni RNK matritsasida DNK sintezlanishining
ochilishi;
- nafas olish pigmentlari funksiyasi mexanizmlarini o‗rganilishi;
- fermentlar
uchlamchi strukturasining, uning enzimatik ta‘sir uchun
funksional ahamiyatining, oqsillarning matritsali sintezi tamoyillarining va
ularning biosintezi mexanizmlarining kashf etilishi;
- viruslar tuzilishining va ularning replikatsiya mexanizmlarining,
antitanalarning birlamchi va qisman fazoviy tuzilishining ochib berilishi;
- individual genlarni ajratish imkoniyati;
- genni oldin sun‘iy, keyin biologik (fermentativ) sintez qilish, shu jumladan,
organizm hujayrasidan tashqarida (in vitro) sintez qilish;
- genlarni bir organizmdan boshqasiga, shu jumladan,
inson hujayralariga
ko‗chirish;
- tobora ko‗payib borayotgan miqdorda individual oqsillarning, asosan
fermentlarning, shuningdek, nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibini aniqlash;
- tobora murakkabligi yuqorilashib borayotgan biologik obyektlar nuklein
kislotalar-dan tortib, to ko‗p komponentli fermentlar, viruslar,
ribosomalar va
boshqalarga aylanadigan ―o‗z-o‗zini yig‗ish‖ hodisalarini aniqlash;
- biologik funksiyalar va jarayonlarni tartibga solishning allosterik va boshqa
xildagi asosiy tamoyillarini tushuntirish.
Dostları ilə paylaş: