13
5. Biokimyo rivojlanishining alkimyo va yatrokimyo
davri qanday ahamiyatga
ega?
6. Flogiston nazariyasining kimyo fani rivojiga ta‘siri qanday bo‗lgan?
7. Moddalar og‗irligining saqlanish qonuni kashf qilinishi qanday ahamiyatga ega
bo‗ldi?
8. Biologik kimyoning shakllanishida sifat jihatidan
yangi bosqich deb qaysi
davrni aytish mumkin?
9. Biologik kimyoning zamonaviy rivojlanishi sifatida nimalarni ko‗rsatish
mumkin?
10. Biokimyoning boshqa tabiiy fanlar bilan aloqadorlik jihatlari nimada?
11. Biokimyoning gumanitar fanlar bilan qanday aloqadorligi bor?
12. Tibbiyotni rivojlantirishda biokimyo qanday ahamiyatga ega?
13. Qishloq xo‗jaligini rivojlantirishda biokimyoning ahamiyati qanday?
14. Genetik muhandisligini rivojlanishida biokimyo qanday ahamiyatga ega?
15. Biokimyo rivojlanishining asosiy yo‗nalishlari qaysilar?
16. Biokimyoning rivojlanish istiqbollari qanday?
14
2. TIRIK ORGANIZMLARNING KIMYOVIY TARKIBI
2.1. Biokimyo hujayra va butun organizmdagi hayotiy hodisalar kimyosi
haqidagi fan sifatida
Ma‘lumki, biologik kimyo tirik organizmlarda
modda va energiya
almashinuvi orqali yuz beradigan hayotiy jarayonlarni o‗rganadi.
Bu jarayonlar
esa molekulyar darajada sodir bo‗ladigan
eng murakkab biokimyoviy
reaksiyalardan iborat. Shuning uchun aslida bu
fanni Molekulyar biologiya
asosidagi biologik kimyo deb nomlash to‗g‗riroq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: