33
Aminokislotalarni radikallarning kimyoviy tuzilishiga asoslanib tasniflanadi.
Shu
nuqtayi nazardan aromatik, alifatik,
shuningdek, tarkibida oltingugurt yoki
gidroksil tutuvchi aminokislotalar farqlanadi. Agar radikal neytral (bitta
aminoguruh va bitta karboksil guruhga ega) bo‗lsa, ular
neytral aminokislotalar
deb yuritiladi. Agarda amino yoki karboksil guruh ortiqcha bo‗lsa, unda o‗zaro
mos holda
asosli
yoki
kislotali
aminokislota
deyiladi.
Aminokislotalarni zamonaviy tasniflash ularning qutblanganligi, ya‘ni
ularning suv bilan ta‘sirlanish xususiyatiga asoslanadi. Shu nuqtayi nazardan 4 ta
sinfga ajratiladi:
a) qutbsiz (gidrofob);
b) qutbli (gidrofil);
d) nordon (manfiy zaryadlangan);
e) asosli (musbat zaryadlangan).
Dostları ilə paylaş: