Biokimyo va molekulyar biologiya


 Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

4.5.2. Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi
Fermentlarning zamonaviy tasnifi biokimyogarlarning 5-Xalqaro kongressi 
tomonidan (Moskva, 1961) tasdiqlangan. Bu tasnif ilmiy asosda komissiya 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, fermentlarni tasniflash va nomlash uchun uch 
xil tamoyildan foydalaniladi, ular jumlasiga: 
- fermentning nooqsil qismi (prostetik guruh)ning kimyoviy tabiati (uning 
nukleprotein, flavoprotein, piridoksalfosfat protein, gemprotein, metalloprotein va 
boshqalar);
- substratning kimyoviy tabiati (uglevod, oqsil, yog‗, nuklein kislotalari); 


78 
- katalizlanadigan reaksiyani tipi kiradi. Bunda reaksiya tipi substrat(lar) nomi 
bilan birgalikda, u fermentlarni tizimlinomlash uchun xizmat qiladi. Bu 
tasniflashga muvofiq fermentlar, ularning katalizlaydigan reaksiyalari tavsifiga 
qarab oltita sinfga bo‗linadi. Sinflar kenja sinflarga, ular esa kenja-kenja sinflarga 
yoki guruhlarga bo‗linadi, ularning har biri tartib raqamlari asosida belgilanadi. 
Shu asosda har bir ferment o‗zining to‗rt raqamli shifriga ega. Masalan, 
Glukooksidaza fermenti birinchi sinfga, birinchi kenja sinfga, uchinchi kenja, 
kenja sinf(guruh)ga kirib, bu guruhning 4-o‗rnida joylashadi va sistematik jihatdan 
K.F.1.1.3.4 tarzida ro‗yxatga olinadi. 
Sinflarga bo‗linishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
1. 
Oksireduktazalar ‒ 
bu fermentlar oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar 
bo‗lib, biologik oksidlanishda ishtirok etadi. Ularning sistematik nomlanishi 
―donor: 
akseptor-oksireduktaza‖ 
shaklida 
amalga 
oshiriladi, 
masalan, 
laktatdegidrogenazalar (LDG) Laktat: NAD
+
-oksireduktaza deb nomlanadi. Ular 
orasida aerob (protonni molekulyar kislorodga) va anaerob (protonni oraliq 
substratga, lekin O

ga emas) ko‗chirilishi bilan bog‗liq reaksiyalarni katalizlovchi 
fermentlar farqlanadi. Bu sinfga tarkibida gem tutuvchi (katalaza, peroksidaza va 
boshqa) fermentlar ham kiradi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin