Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

HOOC-CH
2
-CH
2
-CH-COOH+HNH
2
→H
2
N-OC-CH
2
-CH
2
-CH-COOH+H
2
O
 
NH

 
 
NH
2
 
Glutamin kislota Ammiak Glutamin 
4.5.3.Fermentlarning asosiy xossalari 
Fermentlar oqsil bo‗lib, qator o‗ziga xos tavsifli xossalarga ega bo‗ladi. Shuni 
alohida qayd etish lozimki, fermentlar termolabil moddalar, ularning faolligiga, 
substrat va fermentning o‗zini konsentratsiyasi, muhitning pH, va boshqa omillar 
ta‘sir qiladi, shuningdek, ularda maxsuslik farqlanadi.
 
4.5.3.1. Fermentlarning termolyabilligi
Fermentlar termolyabil biokatalizatorlar hisoblanadi, ya‘ni ular haroratning 
o‗zgarishiga juda sezgir bo‗ladi. Fermentlar eng yuqori faollikni juda tor 
darajadagi harorat 40-50

C chegarasida namoyon qilishi aniqlangan. Kimyoviy 
reaksiyaning tezligi haroratni 10° C ga oshirganda reaksiya tezligi 2 marta oshadi 
va ferment faolligini ko‗tarilishi kimyoviy kinetika nazariyasiga muvofiq harorat 
40-50

C dan oshmaydigan chegerada yuz beradi. Harorat 50° C dan oshganda 
reaksiya tezligiga oqsil-ferment kompleksiga issiqlik denaturatsiyasi ta‘sir etadi, 
asta-sekin fermentativ jarayonning umuman to‗xtashiga (70-80

C da) olib keladi. 
Fermentlarning bu xususiyati ko‗p fermentlar, jumladan, odam organizmida 
uchraydiganlari uchun ham xos. Lekin ba‘zi fermentlar, masalan, ribonukleaza, 
qisqa muddatda qizdirishga chidamli bo‗ladi. Shu bilan birga, ba‘zi issiq suv 
manbalarida yashaydigan mikroorganizmlarning fermentlari borligini ham e‘tirof 
etish o‗rinli. Haroratni pasayish (gipotermiya) sharoitida fermentlar faolligi 
pasayadi, lekin to‗liq yo‗qolmaydi. Bu fermentlarning faolligi uchun qaytadan 
optimal sharoitni yuzaga keltirilganda, ular eng yuqori faollikni namoyon qiladilar. 
Bunga yaqqol misol sifatida hayvonlarning qishqi uyqusini keltirib o‗tish mumkin. 
Fermentlarning bu xususiyati jarrohlik amaliyotida keng foydalanila boshlandi, 
ko‗krak qafasida operatsiya o‗tkazilganda bemor organizmi taxminan 22

C gacha 
sovitiladi. 


80 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin