HOOC-CH 2 -CH 2 -CH-COOH+HNH 2 →H 2 N-OC-CH 2 -CH 2 -CH-COOH+H 2 O NH 2 NH 2 Glutamin kislota Ammiak Glutamin 4.5.3.Fermentlarning asosiy xossalari Fermentlar oqsil bo‗lib, qator o‗ziga xos tavsifli xossalarga ega bo‗ladi. Shuni
alohida qayd etish lozimki, fermentlar termolabil moddalar, ularning faolligiga,
substrat va fermentning o‗zini konsentratsiyasi, muhitning pH, va boshqa omillar
ta‘sir qiladi, shuningdek, ularda maxsuslik farqlanadi.
4.5.3.1. Fermentlarning termolyabilligi Fermentlar termolyabil biokatalizatorlar hisoblanadi, ya‘ni ular haroratning
o‗zgarishiga juda sezgir bo‗ladi. Fermentlar eng yuqori faollikni juda tor
darajadagi harorat 40-50
o
C chegarasida namoyon qilishi aniqlangan. Kimyoviy
reaksiyaning tezligi haroratni 10° C ga oshirganda reaksiya tezligi 2 marta oshadi
va ferment faolligini ko‗tarilishi kimyoviy kinetika nazariyasiga muvofiq harorat
40-50
o
C dan oshmaydigan chegerada yuz beradi. Harorat 50° C dan oshganda
reaksiya tezligiga oqsil-ferment kompleksiga issiqlik denaturatsiyasi ta‘sir etadi,
asta-sekin fermentativ jarayonning umuman to‗xtashiga (70-80
o
C da) olib keladi.
Fermentlarning bu xususiyati ko‗p fermentlar, jumladan, odam organizmida
uchraydiganlari uchun ham xos. Lekin ba‘zi fermentlar, masalan, ribonukleaza,
qisqa muddatda qizdirishga chidamli bo‗ladi. Shu bilan birga, ba‘zi issiq suv
manbalarida yashaydigan mikroorganizmlarning fermentlari borligini ham e‘tirof
etish o‗rinli. Haroratni pasayish (gipotermiya) sharoitida fermentlar faolligi
pasayadi, lekin to‗liq yo‗qolmaydi. Bu fermentlarning faolligi uchun qaytadan
optimal sharoitni yuzaga keltirilganda, ular eng yuqori faollikni namoyon qiladilar.
Bunga yaqqol misol sifatida hayvonlarning qishqi uyqusini keltirib o‗tish mumkin.
Fermentlarning bu xususiyati jarrohlik amaliyotida keng foydalanila boshlandi,
ko‗krak qafasida operatsiya o‗tkazilganda bemor organizmi taxminan 22
o
C gacha
sovitiladi.