Biokimyo va molekulyar biologiya


Steriokimyoviy (guruh) maxsusligi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Steriokimyoviy (guruh) maxsusligi. 
Bu xildagi maxsuslik
 
substratning 
makonda joylashuviga bog‗liq bo‗lib, ya‘ni izomerlarning L- yoki D- xiliga ta‘sir 
etishi bilan tavsiflanadi. Masalan, fumaraza fermenti trans-shaklga ta‘sir etib, 
fumar kislotani hosil bo‗lishini katalizlaydi, sis-shakldagi malein kislotani hosil 
bo‗lish reaksiyasini katalizlay olmaydi: 
CH—COOH
CH—COOH 
II 
II 
CH—COOH
HOOC—CH 
Malein kislota 
Fumar kislota 
Shunday qilib, maxsuslik tufayli fermentlar hujayralarning mikromakonida va 
butun organizmda kechadigan reaksiyalarni yuqori darajadagi tezlikda sodir 
bo‗lishini ta‘minlab, u orqali moddalar almashinuvini jadalligini boshqaradi.
4.5.3.4. Fermentlarning boshqa xossalari
Fermentlar muvozanat yo‗nalishini o‗zgartirmay, faqat unga erishishni 
ta‘minlaydi.
Katalizatorlarga tegishli bu umumiy xossa fermentlarga ham xosdir. 
Demak, teskari yo‗nalishdagi reaksiyani ham aynan shu fermentning o‗zi 
tezlashtiradi, ya‘ni reaksiyani ham o‗ng tomonga, ham chap tomonga yo‗nalishini 
ta‘minlaydi. Masalan, lipaza suv ishtirokida yog‗ni glitserin va yog‗ 


82 
kislotalarigacha gidrolizlanishi tomon yo‗naltiradi. Lekin xuddi shu lipazani o‗zi 
suvsiz muhitda reaksiyani glitserin va yog‗ kislotalaridan yog‗ning sintezi tomon 
yo‗naltiradi. 
 
Fermentlar muhitda juda kichik konsentratsiyada bo‗lganda o‗z 
faolligini namoyon qiladi. 
Katalizatorlarning umumiy xossalari shu yo‗sinda 
namoyon bo‗ladi. Masalan, vodorod peroksidini oksidlanish reaksiyasini 
katalizlovchi peroksidaza fermenti 1 qism fermentni 500000000 qismda 
suyultirilganda ham faollikni namoyon qiladi. 
Muhitda juda kichik konsentratsiyada ishtirok etadigan ferment katta 
miqdordagi substrat bilan bo‗ladigan reaksiyani amalga oshira oladi. Bu katalitik 
jarayonning amalga oshishi uchun juda qisqa muddatda ferment substrat bilan 
kontaktda bo‗lishi lozim. Fermentativ reaksiyaning tezligi haqida fikr yuritilganda, 
aytish mumkinki, saxaraza fermentining 1 moli 1 soniyada 1000 mol saxarozani 
gidrolizlay oladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin