8-§. MODDALAR ALMASHINUVI – HUJAYRA HAYOTIY FAOLIYATINING ASOSI Moddalar almashinuvi organizm va tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz
sodir bo‘ladigan, tirik organizmlarning o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishini
ta’minlaydigan kimyoviy o‘zgarishlar majmuyidir. Tirik organizmlar o‘z
hujayralari uchun zarur organik birikmalarni sintezlash, kimyoviy tarkibining
doimiyligini saqlash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni oziq sifatida
o‘zlashtiradilar. Bu moddalar hujayraga xos bo‘lgan biologik moddalarni
sintezlash va hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun sarfl anadi.
Moddalar almashinuvining hujayradagi muhim funksiyalaridan biri
hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlashdir.
Moddalar almashinuvi
jarayonida tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligi, ya’ni
gomeostazni saqlash uchun hujayra strukturalari bo‘lgan membranalar va
organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlarni sintezlaydi.
Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan
biosintetik reaksiyalar yig‘indisi
plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm)
deb ataladi.
Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi
hujayrani energiya bilan ta’minlashdir.
Organizm hayot faoliyatining har
qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va
organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarfl ashni
talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning
parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan
foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar
yig‘indisi
energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi.
Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik
va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi