125
joydan
ajralib chiqib, ikkinchi joyiga borib o‘rnashadi. Bunda DNK miqdor
jihatdan o‘zgarmaydi. Transpozonlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay barcha
transpozon molekulalarining ikki chetida
maxsus nukleotidlar izchilligi,
markaziy qismida esa DNK molekulasini belgilangan joyda «yopishqoq»
uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjud.
Transpozonlar xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartirganda irsiyat ham o‘zgaradi.
Retrotranspozonlar
– DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan
RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi. Bunday elementlar o‘zlaridan teskari
transkriptaza yordamida o‘z nusxasini sintezlab,
bu nusxani DNKning boshqa
joyiga ko‘chib o‘tishi (insersiyalanishi)ni ta’minlaydi. Ko‘chish davomida
retrotranspozonlarning eski nusxasi o‘z joyida qoladi va faqat ularning
nusxasigina ko‘chiriladi. Natijada DNK miqdor jihatdan ko‘payadi.
Uchinchi turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar – retropozonlar deb ataladi.
Retropozonlar
– ko‘chish mexanizmi bo‘yicha
retro transpozonlarga
o‘xshaydi, ya’ni ularning nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko‘chadi.
Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o‘xshamaydi va
nusxa ko‘chirish uchun o‘zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas.
Bu uch turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko‘p
miqdorini tashkil qiladi. O‘simliklar genomining qariyb 50 foizi transpozon,
retrotranspozon va retropozonlardan tashkil topgan. Masalan, makkajo‘xori
donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lib yo‘qolishi antotsian rangni
beruvchi gen ichidagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi.
Aniqlanishicha, transpozonlar va retrotranspozonlar
bu elementlarning
ko‘chib yurishini belgilovchi transpozaza fermenti yoki nusxa ko‘chiruvchi
teskari transkriptaza fermenti genlarini o‘zida tutadi va ko‘chib o‘tish uchun
qulay bo‘lgan yopishqoq uchlarga ega. Biroq bunday birliklarning fenotipik
namoyon bo‘lishi, ular biror funksional genga birikkanda yaqqol ko‘rinadi.
Odatda yashash muhiti keskin o‘zgarganda transpozonlarning ko‘chib
yurishi ortadi. Shu sababdan ko‘chib yuruvchi genetik
elementlar ishtirokida
gen muhandisligiga asoslangan ko‘pgina biotexnologik jarayonlar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: