4
I BOB. BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA
1-§. BIOLOGIYA – HAYOT HAQIDAGI FAN
Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi:
molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema),
biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi.
Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos
xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi,
kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va
yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir.
Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Tre-
viranus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «
bios»
– hayot, «
logos»
– fan degan
ma’noni bildiradi.
Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning
oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi no.yob o‘sim liklar va hayvon
turlarini mu hofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari,
yangi xususiyat li mikroorganizm
shtammlarini yara tish, insoniyatni sifatli
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammo larni hal etish
biologiyaning rivojiga bog‘liq.
Biologiya fanining tarmoqlari.
Biologiya fundamental va kompleks
fan hisoblanadi. Fundamental
fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot,
psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati,
farmokologiya uchun nazariy
asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga
bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya –
mikroorganizmlar, mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagi
organizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar,
ekologiya
esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli
fanlarga ajraladi. Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini, fi ziologiya
esa funksiyasini, embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika –
organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini,
etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.
5
Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy
fanlar hamkorligida paydo
bo‘lgan. Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fi zik jarayonlarni biofi zika,
organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni biokimyo,
tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografi ya fani
o‘rganadi. Bionika organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va
tuzilishini asos qilib
texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirik
organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llashni
maqsad qilib qo‘yadi.
Hozirgi kunda insoniyat jamiyatining taraqqiyot darajasi biologiya fani
rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: