O‘z-o‘zini idora qilish . Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o‘zgarishiga
qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fi ziologik
jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni gomeostaz xususiyatiga ega.
Ta’sirlanish . Ushbu xususiyat tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sir-
lariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik . Tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyat-
larini nasldan naslga o‘tkazish xossasi irsiyat, yangi belgi-xususiyatlarni
namoyon qilishi o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. O‘zgaruvchanlik tufayli esa
tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi ortadi.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning ayrimlari notirik tabiat uchun ham
xos bo‘lishi mumkin. Masalan, tuzli eritmalarda kristallarning hajmi va
massasi ortadi, yonayotgan shamdan energiya ajraladi. Lekin bu jarayonlarda
gomeostaz kuzatilmaydi.
Hayotning tuzilish darajalari . Yerdagi hayot molekula, hujayra, to‘qima,
organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), biosfera kabi turli
biologik sistemalar shaklida mavjud. Ular bir-biridan tarkibiy qismlari –
komponentlari hamda jarayonlari bilan farqlanadi.
Hayotning tuzilish darajalari ma’lum bir tarkibiy qismlardan, ya’ni
komponentlardan tarkib topgan, quyidan yuqoriga murakkablashib boradigan
yaxlit biologik tizimlardir (1-rasm).
Hayotning molekula darajasi . Hayotning molekula darajasini oqsillar,
nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar kabi biomolekulalar tashkil etadi.
Hayotning molekula darajasida irsiy axborotning saqlanishi, ko‘payishi,
o‘zgarishi hamda moddalar va energiya almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlar
sodir bo‘ladi.
Hayotning hujayra darajasi . Hujayra barcha tirik organizmlarning
tuzi lish, funksional va rivojlanish birligidir. U tiriklikning barcha xossalarini
o‘zida mujassam qilgan eng kichik tuzilish darajasi hisoblanadi. Hayotning
hujayra darajasi komponentlariga hujayraning tarkibiy qismlari: membrana,
sitoplazma va uning organoidlari, yadro kiradi. Bu darajada hujayra
organoidlarining tuzilishi, funksiyalari, bo‘linishi, hujayrada kechadigan
biokimyoviy jarayonlar, hujayra tomonidan energiyaning o‘zlashtirilishi,
to‘planishi va sarfl anishi kabilar sodir bo‘ladi.