Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar: 
transmissibl plasmid, avtonom plazmidlar,
 
transpozonlar,
 
retrotranspozonlar, retropozonlar, insersiya.
Savol va topshiriqlar:
1. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?
2. Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalarning antibiotikka chidamliligini 
tez amalga oshiradi?


126
3. Transmissibl va avtonom plazmidalarning hujayra irsiyatiga ta’sirini 
tushuntiring.
4. Transpozonlar qanday tuzilgan?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: 
Atamalar raqamini ularning ta’rifi bilan 
juftlang. 
1 Plazmid
A
Asosiy xromasomaga birika olmaydigan va asosiy xroma-
somadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zidan replikatsiya qiladigan 
halqasimon DNK molekulalari
2 Transpozon
B Gen yoki genlar majmuasini maqsadga muvofi q o‘zgartirish 
3
Avtonom 
plazmidlar
D
Xromosomadan tashqarida joylashgan o‘z-o‘zini replikatsiya 
qila oladigan halqali DNK molekulasi
4
Gen 
muhandisligi
E
i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning 
boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi
5
Retrotrans-
pozon
F
Molekulalarning elektr maydonida joylashtirilgan maxsus gel 
ichida kattaligiga ko‘ra ajratish usuli
6
Transmissibl 
plazmid
H
Hujayra xromosomalari tarkibiga rekombinatsiyalana oladigan 
plazmida
7 Elektroforez
G
Genomdan o‘zini qirqib, genomning boshqa joyiga ko‘chib 
o‘tadigan genetik tuzilma
28-§. HUJAYRA IRSIYATINING O‘ZGARISHIGA OLIB 
KELADIGAN JARAYONLAR
Gen muhandisligi maqsadi – rekombinant DNK yaratish va shu asosda 
organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. 
Tabiatning o‘zida ham shu kabi rekombinatsiya jarayonlari yuz berishi 
kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o‘zidagi genetik moddani boshqa 
organizmlarga o‘tkazish xususiyatiga ega. 
Rekombinantlar hosil bo‘lishining 3 xil usuli mavjud: transformatsiya, 
transduksiya, konyugatsiya. 
Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda bakteriyalarda jinsiy 
jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar. Bakteriyalarda jinsiy jarayonlar genetik


127
1 – Tirik S-shtamm sichqonga inyeksiya 
qilinganda sichqon o‘ladi 
2 – Tirik R-shtamm sichqonga inyeksiya 
qilinganda sichqon tirik qoladi 
3 – Qizdirish yo‘li bilan zararsizlan-
tirilgan S-shtamm sichqonga inyeksiya 
qilinganda sichqon tirik qoladi 
4 – Qizdirish yo‘li bilan zararsizlantirilgan 
S-shtamm va tirik R-shtamm aralashtirilib 
sichqonga inyeksiya qilinganda sichqon o‘la-
di. 5 – Sichqon qonidan tirik 
S-shtamm hujayralari topiladi 
material bilan almashinuv rekombinatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda 
donor hujayra DNKsining bir qismi retsipiyent hujayraga beriladi va uning 
DNKsi bilan qo‘shiladi. 1940-yillarga kelib xromosomalar tarkibini o‘rganish 
chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniqlandi. Bu 
davrda ko‘pchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik 
irsiyatning asosi oqsil emas, nuklein kislotalar bilan bog‘liqligi isbotlandi. 
Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar 
muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffi
t, 
keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar 
ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi. DNKning genetik roli birinchi 
marotaba pnevmoniya (zotiljam) kasalligini qo‘zg‘atuvchi yumaloq shakldagi 
bakteriyalar – pnevmokokklarda isbot langan. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin