127
1 – Tirik S-shtamm sichqonga inyeksiya
qilinganda sichqon o‘ladi
2 – Tirik R-shtamm sichqonga inyeksiya
qilinganda sichqon tirik qoladi
3 – Qizdirish yo‘li bilan zararsizlan-
tirilgan S-shtamm sichqonga inyeksiya
qilinganda sichqon tirik qoladi
4 – Qizdirish yo‘li bilan zararsizlantirilgan
S-shtamm va tirik R-shtamm aralashtirilib
sichqonga inyeksiya qilinganda sichqon o‘la-
di. 5 – Sichqon qonidan tirik
S-shtamm hujayralari topiladi
material bilan almashinuv rekombinatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda
donor hujayra DNKsining bir qismi retsipiyent hujayraga beriladi va uning
DNKsi bilan qo‘shiladi. 1940-yillarga kelib xromosomalar tarkibini o‘rganish
chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniqlandi. Bu
davrda ko‘pchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik
irsiyatning asosi oqsil emas, nuklein kislotalar bilan bog‘liqligi isbotlandi.
Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar
muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffi
t,
keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar
ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi. DNKning genetik roli birinchi
marotaba pnevmoniya (zotiljam) kasalligini qo‘zg‘atuvchi yumaloq shakldagi
bakteriyalar – pnevmokokklarda isbot langan.
Dostları ilə paylaş: