Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

66-rasm. 
Griffi
t tajribasi.
Qizdirib
o‘ldirilgan
S-shtamm
Tirik R-shtamm
4
5


128
Transformatsiya. 
Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har 
qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish 
hodisasiga «transformatsiya» deb ataladi.
Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi 
F. Griffi
t tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokokklarning ikki xil – 
S- va R-shtammlari ustida o‘tkazilgan. Pnevmokokk bakteriyasining S-shtammi 
maxsus qo‘shimcha kapsulaga ega bo‘lib, sirti silliq, R-shtammda esa kapsula 
bo‘lmaydi va sirti g‘adir-budur (S – inglizcha 
smooth –
silliq, R – inglizcha 
rough – 
g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning kapsulasi sichqon organizmi immun 
sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, 
sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi. 
R-shtamm esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan 
yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtamm 
qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda 
sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi. Sichqonlarga qizdirish natijasida 
o‘lgan bakteriyalar S-shtammi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R-shtammga 
kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning 
o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda bakteriyalarning S-shtammi topilgan. 
Bu hodisaning mohiyati 66-rasmda ifodalangan.
S-shtamm pnevmokokk bak-
teriya hujayralarini parchalash 
yo‘li bilan ajratilgan hujayra-
siz ekstrakt olish.
S-shtamm pnevmokokk bak-
teriya hujayralarini parchalash 
yo‘li bilan ajratilgan hujayra-
siz ekstraktni R-shtamm bilan 
aralashtirib, R-shtammni 
S-shtammga transformatsiya 
qilish.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin