Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar: 
transformatsiya, transduksiya, konyugatsiya.
Savol va topshiriqlar:
1. Transformatsiya jarayonida tashqaridan kirgan DNK molekulasi mutatsiya 
hosil qila oladimi?
2. Qanday hodisalar bakteriya hujayrasini fag tomonidan lizis qilinishidan saqlab 
qolishi mumkin?
3. Transduksiya jarayoni qanday kechganda bakteriyada mutatsiya bo‘lmaydi?
4. Transduksiyada faglar qanday rol o‘ynaydi? 
5. Konyugatsiya jarayonining mohiyatini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: 
Jadvalni to‘ldiring. 
Genetik injeneriya
usullari
Kim tomonidan 
kashf qilingan
Mohiyati
Ahamiyati
Transformatsiya
Transduksiya
Konyugatsiya
29-§. GEN MUHANDISLIGIDA QO‘LLANILADIGAN 
FERMENTLAR
Gen muhandisligida DNK molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga 
bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi 
enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik 
bilan ajrata oluvchi elektroforez usulidan foydalaniladi. 
Gen muhandisligi qo‘llaniladigan fermentlar. 
Gen muhandisligi 
fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil tajribalarni o‘tkazishga yordam 
berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud 
bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi. Quyida 
gen muhandisligida foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko‘rib chiqamiz. 
Barcha fermentlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
DNKni bo‘laklarga bo‘luvchi; RNK matritsa asosida DNK bo‘laklarini 
sintezlovchi; DNK bo‘laklarini ulovchi; DNK bo‘laklari uchlari struktrurasini 
o‘zgartirish imkonini beruvchi fermentlar.


132
Polimerazalar. 
Gen muhandisligi keng qo‘llaniladigan fermentlardan 
biri DNK polimeraza fermenti bo‘lib, bu ferment birinchi marta 1958-yilda 
Korenberg va uning hamkorlari tomonidan Esherichia coli (ichak tayoqchasi 
bakteriyasi)dan ajratib olingan DNK polimeraza komplementar nukleotidlarni 
biriktirish yo‘li bilan DNK zanjiri reduplikatsiya jarayonida ishtirok etadi. 
DNK polimeraza gen muhandisligida yangi DNK molekulalarini sintez-
lashda qo‘llaniladi. Viruslarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 
ayrim viruslarning genomi bitta RNK zanjirdan iborat bo‘lib, hujayra ichida 
rivojlanayotganda o‘z genomini ikki zanjirli DNK ko‘rinishiga o‘tkazib, 
xo‘jayin hujayra genomiga kiritadi. RNK matritsa asosida komplementar 
DNK sintezlay oladigan virusning maxsus fermenti, ya’ni teskari transkriptaza 
yoki 
revertaza 
deb nomlanuvchi maxsus ferment ajratib olingan. Revertazalar 
matritsa RNKga komplementar DNK zanjirini sintezlay oladi. Revertazalar 
yordamida MRNKning DNK nusxalarini olish mumkin. 
Ligazalar. 
Rekombinatsiya jarayoni DNKni bo‘laklarga ajratish va ularni 
ulashdan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefi r 
bog‘larini tiklash orqali DNK bo‘laklarini bog‘lash vazifasini bajaruvchi 
ferment 
DNK ligaza
deb ataladi. Ligaza yordamida DNKning har qanday 
bo‘lagining «yopishqoq uchli» yoki «to‘mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu 
eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin