145
34-§. O‘ZBEKISTONDA GEN MUHANDISLIGI VA
BIOTEXNOLOGIYA FANI YUTUQLARI
Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yil-
larning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘z-
be kis tondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abduka rimov
bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasida tashkil
qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen
g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi.
1992-yili Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning bu laboratoriyaga tashrifi
davomida g‘o‘za genlar muhandisligini yanada rivojlantirish va uni dunyo
fani darajasiga ko‘tarish hamda sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish va
tayyorlash maqsadida, sohaning maqsadli moliyalashtirishga berilgan bevosita
ko‘rsatmalari O‘zbekistonda genlar muhandisligini jadal rivojlanishiga asosiy
turtki bo‘ldi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov
tashabbusi bilan Fanlar
akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori
bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar»
ilmiy
dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi –
«Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga
asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi.
Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini
belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH
Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti
biotexnologiya markazi
olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi
sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor
Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya
olimlari gen va hujayra
muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar
uchun xavfl i bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini
olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaff aqiyatli
yakunladilar.
Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Iris -
bo yevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab,
o‘nlab xavfl i yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi
biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.
146
Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining
irsiylanish qonuniyatlari o‘rganilmoqda (B. Irisboyev, G. Hamidullayeva).
Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi
bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya – genning DNK
izchilligi va genlar spektriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq
etdilar va yanada takomillashtirdilar (R. S. Muhamedov va A. Ikromov).
Professor O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to‘planib qolgan pestitsid
qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan
shu funksiyalarini bajaruvchi genlar guruhini g‘o‘za tomiri tolachalari sathida
yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan
maqsad pirovardida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘zaga o‘nlab yillar
davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig‘ini zararsizlantirishdir.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan g‘o‘zada
tola sifati, erta gullash, turli
stresslarga chidamlilikni beruvchi bir necha o‘nlab
genlar ajratib olindi va
klonlandi. Olimlarimiz tomonidan bu genlarning faolligini «genni o‘chirib»
qo‘yish (gen-nokaut) orqali boshqarish texnologiyasi ishlab chiqilib, g‘o‘zada
tola uzunligi va gullashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir necha genlar funksiyasi
to‘xtatilishiga erishildi hamda yuqori agronomik ko‘rsatkichli g‘o‘za navlari
olindi. Bu ilg‘or genom texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha
turlariga tatbiq qilish ishlari keng darajada olib borilmoqda.
O‘zbekistonda gen muhandisligi
asosida suv tanqisligi, sho‘rlanish,
kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori
sifatli va serhosil navlarini yaratish davr talabidir. Bu o‘z navbatida yosh
barkamol avlod zimmasiga ushbu texnologiyalarni to‘la o‘zlashtirish va ularni
amaliyotga tatbiq qilish ma’suliyatini yuklaydi.
Dostları ilə paylaş: