148
yashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar politipik sanaladi.
Chunki areal qanchalik keng bo‘lsa, areal chekkalaridagi muhit o‘rtasida
tafovut ko‘p bo‘ladi.
Tur muammosi evolutsion ta’limotda markaziy o‘rinda turadi. Tabiat-
da mavjud xilma-xil o‘simlik, hayvonlarni tizimga solishda, ya’ni klassifi -
kat siyalashda tur tushunchasi sistematik birlik sifatida qo‘llaniladi.
«Tur» atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi marta ingliz botanigi
Djon Rey kiritgan. Tur haqida ko‘plab olimlar turlicha fi kr bildirganlar. K. Linney
tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekin tur o‘zgarmas deb hi soblagan.
J. B. Lamark turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat indi vidlar mavjud
deb hisoblagan. Ch. Darvinning fi kriga ko‘ra, tabiatda turlar pay do bo‘ladi,
yo‘qoladi, o‘zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo‘lishiga asos bo‘ ladi.
Turga berilgan ta’rifning ijobiy tomoni shundaki, u o‘zaro chatishib
ko‘payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo‘l bilan
ko‘payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo‘l bilan ham ko‘payadigan organizmlar
mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab qirilib ketgan turlar bor.
Bulardan ma’lum bo‘ladiki, barcha turlarining o‘ziga xos belgi-xossalarini
qamrab olgan tur ta’rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun
amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlashda tur mezonlaridan
foydalaniladi. Turlar ko‘p belgilari bilan bir-birlari bilan farq qiladi. Tur uchun
xos bo‘lgan belgi-xossalar yig‘indisi
Dostları ilə paylaş: