144
Olimlar aniqlashicha, nonda oqsil miqdori unchalik ko‘p emas. Shuningdek,
nonda lizin, triptofan, metionin yetishmaydi. Bu muammoni biotexnologik yo‘l
bilan oson hal qilish mumkin. Olimlar ta’kidlashlaricha, 1 t unga 150 gramm
lizin qo‘shilganda nondagi oqsil sifati keskin oshishi aniqlangan.
Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi
faqat ko‘p tonnali qimmatli oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi
fi ziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkonini ham beradi. Eng katta
yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash
tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni urug‘dan unib
chiqib, gullashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlarni
boshqaradigan taxminan 25 ming genlarning aniqlanishi sabab erishildi.
Gen muhandisligida keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana
biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni
kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu
genlar terapiyasi
deb yuritiladi.
Hujayra muhandisligi bemor a’zosidan bitta sog‘lom hujayrani ajratib
olib, uni sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos
hujayralar to‘plamini olish va bu hujayralar to‘plamini butun bir yaxlit a’zoga-
cha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga
ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi.
1998-yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl.
stem cells)
«yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu
yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. «Asos» hujayralar
shunday hujayralarki, ular embrional hujayralarga o‘xshagan, hali u qadar
takomillashmagan hujayralar to‘plamidan iborat bo‘lib, sun’iy muhitda o‘sish
va har qanday to‘qimagacha rivojlanish qobiliyatiga ega. Endigi vazifa olingan
to‘qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo‘yicha tabiiy organlarga
o‘xshash bo‘lgan «yangi» tana a’zolarini yaratishdir. Aminmizki, hozirgi
o‘quvchilar biotexnologiyaning barcha yo‘nalishlari qatorida bu yo‘nalishni
ham rivojlantirishda ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida
tutgan o‘rnini yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tara oladilar.
Dostları ilə paylaş: