Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

72-rasm. 
Transgen o‘simlik olish.


139
yoki maxsus gen otuvchi zambarak vositasida o‘simlik yoki hayvon hujayrasiga 
kiritish usullari ishlab chiqilgan. Genetik transformatsiya qilingan o‘simlik 
hujayrasidan transgen o‘simlik olinadi (72-rasm). Transformatsiya qilingan 
o‘simlik hujayrasi bo‘linishi natijasida hujayralar to‘plami – kallus to‘qima hosil 
bo‘ladi. Kallus to‘qima hujayralaridan ayrimlari o‘simlik gormoni va boshqa 
regulator moddalar ta’sirida ma’lum programma bo‘yicha bo‘lina boshlaydi. 
Natijada bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o‘simlik embrioni va 
barcha jihatdan normal, voyaga yetgan transgen o‘simlik olinadi. Transgen 
o‘simlikning har bir hujayra 
xromosomasida ko‘chirib o‘tkazilgan gen 
saqlanadi. Shu sababdan transgen o‘simlik jinsiy yo‘l bilan ko‘paytirilganda 
yot gen nasldan naslga beriladi.
Olimlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turli kasalliklarga va 
zararkunanda hasharotlarga chidamli transgen navlarini yaratish ishlari olib 
borilmoqda. Jumladan, g‘o‘za o‘simligining zararkunanda hasharotlarga 
chidamli, ertapishar, transgen navlari yaratildi.
Tayanch so‘zlar:
 
vektor konstruksiya, transgen, Ti-plazmida, pBR 322 (pibi-ar 322) 
plazmida, kallus to‘qima.
Savol va topshiriqlar:
1. Dastlabki transgen o‘simliklar haqida gapirib bering.
2. Vektor konstruksiya yaratish ketma-ketligini tushuntiring.
3. Transgen o‘simlik olish ketma-ketligini tushuntiring.
4. Transgen mahsulotlar haqida nimalarni bilasiz?
32-§. HUJAYRA MUHANDISLIGI ASOSIDA 
HAYVONLAR IRSIYATINI O‘ZGARTIRISH. GIBRIDOMA
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun 
ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri 
yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum 
hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda 
faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor 
qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda 
yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab 
tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, 
sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki 


140
sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki 
o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya 
bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur 
Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth 
hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan 
sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi. 
Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya 
qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. 
Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, 
quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va 
tez o‘suvchi transgen quyon olindi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin