Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Restriktazalar. 
Gen muhandisligida foydaliligi nuqtayi nazaridan maxsus 
endonukleazalar alohida guruhni tashkil etadi. Tabiatda biror mikroorganizm 
hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza 
fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi. Genlar ustida bevosita muolajalar 
o‘tkazish usullarining takomillashtirilishi restriksion endonukleazalar (restrik-
tazalar)ning ochilishi bilan bog‘liqdir. Esherichia coli (E.coli)ning alohida 
shtammi DNKsi boshqa shtamm hujayrasiga kiritilganda, odatda, genetik 
faollik ko‘rsata olmaydi. Chunki u maxsus fermentlar–restriktazalar bilan tezda 
bo‘laklarga bo‘lib yuboriladi. Hozirgi vaqtda turli xil mikroorganizmlardan har 
xil restriktazalar ajratib olingan. 
Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketma- 
ketliklari 
restriksiya saytlari 
(nuqtalari)ni tanib kesadigan, gidroliz qiladigan 
guruhi hisoblanadi. Yot DNKni parchalaydigan har qanday restriktaza fermenti 
DNKni o‘ziga mos 4–6 ta nukleotid ketma-ketligini tanib kesadi, natijada 
to‘mtoq yoki yopishqoq uchli bir nechta DNK bo‘laklari hosil bo‘ladi. 
Yopishqoq uchli DNK bo‘laklarining qo‘sh zanjiri bir necha nukleotidga silji-
gan holda bo‘laklarga ajraladi. Xuddi shunday bo‘laklar o‘zaro komplementar 


133
juftlar hosil qilib, birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‘lagini plazmida 
yoki bakteriya virusiga kiritish mumkin. 
Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turining 
lotincha nomini bosh harfl ari va qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki 
bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi 
mumkin. 
Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil 
qilib kesuvchi restriktazalar (EcoRI), «to‘mtoq» uchlar hosil qilib kesuvchi 
restriktazalar (HpaI) ham mavjud. Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» 
uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi. 
Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng 
qo‘llaniladi. 
Restriktaza fermentlarining ochilishi DNK molekulasini bo‘laklarga bo‘lib, 
elektroforez qurilmasida o‘ta aniqlik bilan bir-biridan ajratib olish imkonini 
berdi. Bu usulda ajratib olingan DNK bo‘laklaridan gen muhandisligida 
foydalaniladi.
Restriktaza tanib kesadigan nukleotid-
lar izchilligi
Restriktazaning 
qisqartma nomi
Restriktaza ajratib olingan 
mikroorganizm
EcoRI
Esherichia coli bakteriyasi
1 – restriksiya sayti
HpaI
Haemophilus parainfl uen-
zae

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin