138
T-DNK qismini kesib, unga o‘simlik geni kiritiladi. Natijada T-DNK shish
chaqirish qobiliyatini yo‘qotadi, chunki yot gen T-DNKni ikki bo‘lakka bo‘lib
yuborgan. Tarkibida T-DNK va yot genga ega vektor konstruksiya Ti-plazmidi
genomidan T-DNK qismi olib tashlangan, o‘simlik uchun zararsiz maxsus
agrobakterium shtammlariga kiritiladi. Bu bakteriyalar bilan o‘simlik hujayrasi
zararlantirilganda, agrobakterium yot genni o‘zining maxsus transformatsiya
apparatidan foydalanib, o‘simlik genomiga o‘tkazadi. So‘nggi yillarda vektor
molekula tarkibiga kiritilgan yot genlarni o‘ta kuchli elektr maydoni ta’sirida
Dostları ilə paylaş: