133
juftlar hosil qilib, birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‘lagini plazmida
yoki bakteriya virusiga kiritish mumkin.
Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turining
lotincha nomini bosh harfl ari va qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki
bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi
mumkin.
Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil
qilib kesuvchi restriktazalar (EcoRI), «to‘mtoq»
uchlar hosil qilib kesuvchi
restriktazalar (HpaI) ham mavjud. Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq»
uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi.
Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng
qo‘llaniladi.
Restriktaza fermentlarining ochilishi DNK molekulasini bo‘laklarga bo‘lib,
elektroforez qurilmasida o‘ta aniqlik bilan bir-biridan ajratib olish imkonini
berdi. Bu usulda ajratib olingan DNK bo‘laklaridan
gen muhandisligida
foydalaniladi.
Restriktaza tanib kesadigan nukleotid-
lar izchilligi
Restriktazaning
qisqartma nomi
Restriktaza
ajratib olingan
mikroorganizm
EcoRI
Esherichia coli bakteriyasi
1 – restriksiya sayti
HpaI
Haemophilus parainfl uen-
zae
Dostları ilə paylaş: