130
yoriladi va fag tashqi muhitga chiqib, boshqa bakteriyani zararlantiradi. Ammo
bakteriya hujayrasiga tushgan fag doimo ham shu hujayrani nobud qilavermaydi.
Ba’zan fag xromosomasi bakteriya xromosomasiga rekombinatsiyalanadi. Bu
jarayon fag DNK molekulasi bakteriya DNK molekulasi nukleotidlarining
maxsus ketma-ketligini topib birikishi natijasida sodir bo‘ladi
va bakteriya
profag holatga o‘tadi. Xromosomasida profag bo‘lgan va erkin ko‘paya oladigan
bakteriyalarni lizogen bakteriyalar, jarayon esa lizogeniya deb ataladi. Tashqi
muhit ta’sirida ayrim holatlarda lizogen bakteriyadan fag xromosomasi ajralib
chiqishi kuzatiladi.
Fag nobud bo‘lgan hujayradan sog‘lom hujayraga o‘tayotganida nobud
bo‘lgan bakteriya xromosomasining biror bo‘lagini o‘zi
bilan birga olib
o‘tkazishi mumkin. Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali
genlarning o‘tishiga transduksiya deyiladi. Faglar
orqali ikkinchi bakteriya
hujayrasiga o‘tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o‘zgartiradi (68-rasm).
Konyugatsiya
(lot.
conjugatio
– «qo‘shilish» degan ma’noni anglatadi).
Bakteriyalarda konyugatsiya ja rayo ni bir bakteriya hujayrasidagi ge netik
materialni ikkinchi bakteriyaga olib o‘tkazish usuli bo‘lib, bunda ikkita bakteriya
ingichka ko‘prikcha bilan bog‘lanadi va shu ko‘prikcha
orqali bir hujayra
(donor)dan boshqasi (retsipiyent)ga DNKning bir ipi o‘tadi. Retsipiyentning
irsiy xususiyatlari DNK bo‘lagida uzatilgan genetik
axborot miqdoriga qarab
o‘zgaradi (69-rasm).
69-rasm
. Bakteriyalarda
konyugatsiya jarayoni.
1–2 – donor
hujayraning retsipiyent
hujayra bilan birikishi; 3 –
donor
hujayra plazmidasi DNKsining bir
zanjiri retsipiyent hujayraga o‘tishi;
4 –
har ikki hujayra plazmidasi
komplementar DNK zanjirini
sintezlaydi.
131
Demak,
transformatsiya, transduk siya, konyugatsiya
jarayonlari bak-
teriyalarning irsiyatini o‘zgarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: