152
Populatsiyani tashkil etuvchi individlar o‘rtasida murakkab o‘zaro
munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o‘zaro
raqobatda bo‘lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari
mumkin. Ayrim jismoniy zaif, kasal individlarning o‘limi populatsiya
tarkibiy sifatini yaxshilaydi, populatsiyaning o‘zgaruvchan muhit sharoitida
yashovchanligini oshiradi.
Jinsiy ko‘payish tufayli populatsiya doirasida to‘xtovsiz genlar alma-
shinuvi sodir bo‘ladi. Populatsiyalar o‘rtasida mavjud alohidalanishlar tufayli
har xil populatsiyalarga mansub organizmlarning o‘zaro chatishish ehtimoli
kamayadi. Shuning uchun ham har bir populatsiya o‘ziga xos genlar to‘plami –
genofondi bilan tavsifl anadi. Shunday qilib, hayot populatsiya darajasining
mavjudligi tur tarkibining xilma-xilligi bilan bir qatorda turning turg‘unligini
ham ta’minlaydi. Populatsiya darajasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
evolutsiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilaydi. Yangi turlarning paydo bo‘lish
jarayoni populatsiya genofondining o‘zgarishidan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: