150
Organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun ulardagi nuklein
kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Geografi k mezon.
Har bir tur tabiatda o‘z arealiga ega. Tur tarqalgan
hudud
katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo‘lishi mumkin. Ba’zan
esa ikki, uch turning areali umumiy bo‘lishi yoki ba’zi turlarning ishg‘ol
qilgan areali nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin. Bu esa o‘z navbatida
geografi k mezon boshqa mezonlar kabi nisbiyligidan dalolat beradi.
Ekologik mezon.
Bir turga kiruvchi organizmlar ma’lum muhit sharoitiga
moslashgan, biogeosenozda o‘zining ekologik o‘rniga ega va o‘zining aniq
funksiyasini bajaradi. Masalan, dalalar, yaylovlarda zaharli ayiqtovon,
daryo qirg‘oqlari va ariq chetlarida sudraluvchi ayiqtovon, botqoqliklarda
achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydi (78-rasm).
78-rasm.
1 –
zaharli ayiqtovon; 2 – achishtiruv-
chi ayiqtovon; 3 – sudraluvchi ayiqtovon.
79-rasm.
Qora
kalamushning qiyo-
fadosh turlari.
Genetik mezon.
Har bir tur o‘ziga xos kariotipga ega bo‘lib, bu mezon
xromosomalar soni, shakli, tuzilishi, maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi bilan
ifodalanadi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta,
ikkinchisida 42 ta xromosoma bor (79-rasm).
Genetik mezon ham nisbiy sanaladi. Chunki bir turga mansub orga-
nizmlarning xromosomalar soni va tuzilishi, farqlanishi
har xil turga mansub
organizmlarda esa xromosomalar soni teng bo‘lishi mumkin. Masalan, karam
va turpda 18 tadan xromosoma bor.
Etologik mezon.
Bir turga mansub individlar boshqa turga mansub individ-
lardan xulq-atvori va xatti-harakati bilan farq qiladi.
Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqlama mutlaq
hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki
ko‘pchiligidan foydalanish talab qilinadi.
38
ta xromosomali
tur
42 ta xromosomali
tur