16
4-§. TIRIK ORGANIZMLARNING KIMYOVIY
TARKIBI VA UNING DOIMIYLIGI
Tirik organizmlarning asosiy xossalaridan
biri kimyoviy tarkibining
birligidir. O‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning barcha hujayralari
kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi, bu esa organik olamning
birligidan dalolat beradi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy
elementlar biogen elementlar deyiladi.
Tirik organizmlardagi miqdoriga ko‘ra hujayra tarkibiga elementlar
makroelement va mikroelementlarga ajratiladi. Makroelementlarni 2
guruhga
birlashtiriladi. Birinchi guruhga element larning 98% ini tashkil etuvchi C, O, H,
N kiradi. Bu elementlar tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar,
masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi. Ikkinchi
guruhga S, P, Ca, Na, K, Cl, Mg, Fe kiradi. Bu elementlar 1,9% ni tashkil etadi.
Miqdori 0,001% dan kam elementlar mikroelementlar deyiladi. Ular biologik
faol moddalar – ferment, gormon va vitaminlar tarkibiga kiradi.
Kimyoviy elementlarning biologik ahamiyati
Elementlar
Biologik ahamiyati
Makroelementlar
Kislorod (O)
Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Hujayrada nafas olish
jarayonining aerob bosqichida ishtirok etadi
Uglerod (C)
Barcha organik birikmalar tarkibiga kiradi
Vodorod (H)
Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi.
Energiyaning bir turdan
boshqa turga o‘tishida ishtirok etadi
Azot (N)
Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, ATF, xlorofi ll, vitaminlar
tarkibiga
kiradi
Fosfor (P)
Nuklein kislotalar, ATF, fermentlar, suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi
Kalsiy (Ca)
Suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi,
qonning ivishi, muskullar qisqarishi-
ni ta’minlaydi
Magniy (Mg)
Xlorofi ll molekulasi tarkibiga kiradi, energiya almashinuvi va DNK
sintezini faollashtirishda koferment sifatida ishtirok etadi
Natriy (Na)
Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi
va hujayraning osmotik
bosimini ta’minlaydi
Temir (Fe)
Gemoglobin, mioglobin oqsillari tarkibida O
2
transportini ta’minlaydi
17
Kaliy (K)
Nerv impulslarining o‘tishi, o‘simliklarning rivojlanishini, yurak ishi-
ning me’yorida o‘tishi, qonning normal ivishini ta’minlovchi omil
Oltingugurt (S) Sistein, sistin, metionin aminokislotalari tarkibiga kiradi, oqsillarning
uchlamchi strukturasida disulfi d bog‘ hosil qiladi
Xlor (Cl)
Oshqozon
shirasi tarkibiga kiradi
Mikroelementlar
Yod (I)
Qalqonsimon bez gormonlari tarkibiga kiradi
Mis (Cu)
Umurtqasiz hayvonlar qonidagi gemosianin tarkibida kislorod tashish
funksiyasini bajaradi. Ayrim fermentlar tarkibiga kiradi
Kobalt (Co)
B
12
vitamini tarkibiga kiradi
Ftor (F)
Tish
emali tarkibiga kiradi
Rux (Zn)
DNK-polimeraza va RNK-polimeraza fermentlari, insulin gormoni
tarkibiga kiradi
Dostları ilə paylaş: