Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Aminokislotalar. 
Aminokislotalar kichik molekulali organik birik-
malar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik 
organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi 
aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli 
ta’minlanadi. 
Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan 
ikki qismdan, aminoguruh (– NH
2
) va karboksil guruh (– COOH) va har 
bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan 
qism – radikaldan iborat (7-rasm). O‘simliklar 
va ko‘pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi 
oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokis-
lotalar tabiatda uchraydigan boshqa mod-
dalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam 
va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari) 
mavjud emas. Odam va hayvonlar bir necha 
aminokislotalarni boshqa organik moddalardan 
sintezlay olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida 
qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar 
almashinmaydigan aminokislotalar 
deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, 
fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan 
sintezlanadigan aminokislotalar 
almashinadigan aminokislotalar 
deyiladi. 
Oqsillarning tuzilishi. 
Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptid 
bog‘ hosil qilib birikadi (8-rasm). Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb 
ham yuritiladi. Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula 
7-rasm. 
Aminokislotaning 
umumiy formulasi.


26
suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil 
tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng 
deb olish mumkin. 
8-rasm.
Aminokislotalarning o‘zaro birikishi.
Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi, turning 
o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida 
tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning 
hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga 
qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan 
kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq 
ham shunchalik katta bo‘ladi. 
Oqsil molekulasining tuzilish darajalari (9-rasm).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin