37
Hujayra nazariyasining ahamiyati
. Hujayra – ko‘p hujayrali orga-
nizmlarning asosi bo‘lib, asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Organizmlarning
rivojlanishi bir hujayradan – zigotadan boshlanadi,
shuning uchun hujayra
tirik organizmlarning rivojlanish birligidir. Hujayra nazariyasi barcha tirik
organizm hujayralarining tuzilishi va kimyoviy jihatdan o‘xshash ekanligini va
organik olamning birligini tasdiqlaydi.
Tayanch so‘zlar:
Teodor Shvann, Mattias Shleyden, Rudolf Virxov, Karl Ber,
aerosomalar, mezosomalar.
Savol va topshiriqlar:
1. Hujayra tiriklikning tuzilish,
funksional, rivojlanish birligi deganda nimani
tushunasiz?
2. Hayotning hujayra darajasining o‘ziga xos jihatlarini izohlang.
3. Hujayra nazariyasining mohiyatini va ahamiyatini tushuntirib bering.
4. Tirik organizmlar hujayralariga qiyosiy xarakteristika bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
9-sinfda o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida
hujayra organoidlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofi qlikni aniqlang.
T/r
Organoid
T/r
Organoidning vazifasi
1
Mitoxondriya
A
Hujayraning bo‘linishida muhim rol o‘ynaydi
2
Golji majmuasi
B
ATF sintezlaydi
3
Plastida
C
Hujayra turgorligini ta’minlaydi
4
Ribosoma
D
Fotosintezda ishtirok etadi
5
Lizosoma
E
Oqsil sintezida ishtirok etadi va sintezlangan mahsulotni
Golji
majmuasiga yetkazadi
6
Vakuola
F
Uglevod va lipidlar sintezida ishtirok etadi
7
Donador endoplaz-
matik to‘r
G
Monosaxarid va disaxaridlarni hosil qilishda ishtirok
etadi
8
Silliq endoplaz-
matik to‘r
H
Hujayra ichida moddalarni hazm bo‘lishida ishtirok eta-
di
9
Sentriola
I
Oqsil sintezlaydi
10
Leykoplast
K
Gullar
va mevalarga rang beradi
11
Xloroplast
L
Birlamchi uglevod sintezlaydi
12
Xromoplast
M
Sintezlangan mahsulotlarni to‘plash va tarqatish