metabolizm , metabolizm
mahsulotlari esa
metabolitlar deyiladi (21-rasm).
Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan. Plastik almashinuv reaksiyalari uchun zarur energiya manbayi
ATF energetik almashinuv reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Energetik almashinuv
reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun zarur fermentlar plastik almashinuv
reaksiyalarida sintezlanadi. Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra
tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti davom etishining
asosiy sharti, uning o‘sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish
manbayidir.
39
Tirik hujayra ochiq sistema sanaladi, chunki hujayra bilan atrof-muhit
o‘rtasida moddalar bilan energiya tinmay almashinib turadi.
Energetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning
universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish
reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi.
ADF + H
2
PO
4
+ 40 kJ = ATF + H
2
O
ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organik
moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy
bog‘larida saqlanadi.
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik al-
mashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi.
Nafas olish
jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar
aerob organizmlar, nafas
olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar
anaerob orga-
nizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda
o‘tadi (22-rasm):
1. Tayyorgarlik bosqichi. 2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz. 21-rasm. Plastik va energiya almashinuvida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar.