Biolog 10 indd


Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

 3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi.
22-rasm. 
Moddalar almashinuvi bosqichlari.
1. Tayyorgarlik bosqichi. 
Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm 
qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu 
bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida 
yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar 
aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa 
monosaxaridlarga parchalanadi.
Tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan energiya issiqlik sifatida to‘-
liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo‘lgan moddalarning bir qismi hu-
jayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo‘ladigan organik moddalarining 
sintezlanishiga sarfl anadi, bir qismi esa parchalanadi. 
2. Kislorodsiz bosqich. 
Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik 
bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza 
kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz – glukozaning 
ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula 
glukozadan 2 molekula sut kislotasi (C
3
H
6
O
3
)
, 2 molekula ATF hosil bo‘ladi, 
hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz 
parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% i 


41
ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida 
tarqalib ketadi.
C
6
H
12
O
6
+
2H
3
PO
4
 +
2ADF 

2C
3
H
6
O

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin