Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar: 
valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan,
 
fe -
nilalanin, purin, pirimidin.
Savol va topshiriqlar:
1. Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?
2. Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering.
3. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang.
4. Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.
5. Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat?
6. Dezoksiribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
7. Ribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibini izohlang. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1-topshiriq. 
DNK va RNKning umumiy jihatlari va farqlarini aniqlab, dia -
g rammada aks ettiring.
2-topshiriq. 
Jadvalni to‘ldiring. 


33
Xususiyatlari
DNK
RNK
Hujayrada uchrashi
Funksiyasi
Polipeptid zanjiri
Uglevodlari
Purin asoslari 
Pirimidin asoslari 
III BOB. HAYOTNING HUJAYRA DARAJASIDAGI 
UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
7-§. HAYOTNING HUJAYRA DARAJASI VA 
UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi

Barcha tirik 
organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi. 
Shuning uchun ham hujayra hayotning tuzilish, funksional, rivojlanish va 
irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ma’lum 
qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir. 
Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan 
tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘p jihatdan molekula 
darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning faoliyatida aks 
etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlarining boshqarilishini 
belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari 
lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan (19-rasm). 
Molekular darajada DNK reduplikatsiya jarayoni mexanizmlari aks etsa, 
hayotning hujayra darajasida bu jarayon hujayraning faoliyati sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Hayotning hujayra darajasi kimyoviy birikmalarning komplekslari
plazmatik membrana, organoidlar, yadro kabi tarkibiy qism (komponent)lardan 
iborat. Hujayraning yaxlit tizim sifatidagi xususiyatlarini bu komponentlarning 
o‘zaro munosabatlari belgilaydi.
2 – Biologiya 10


34
Evolutsiya jarayonida ilk bor hujayra darajasiga xos xususiyatlar – 
hujayra metabolizmi, genetik axborotning hujayradan hujayraga berilishi kabi 
xususiyatlar paydo bo‘lgan. Yerda hayot paydo bo‘lishi aynan hujayraning 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 
bog‘liq. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin