Biolog 10 indd


Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator  tekisligi bo‘ylab joylashadi.  Anafaza I



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Metafaza I
da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator 
tekisligi bo‘ylab joylashadi. 
Anafaza I
da gomologik xromosomalar 
xromatidalarga ajralmagan holda qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. Har bir 


57
juftdagi ota va ona xromosomalari qutblarga tasodifi y kombinatsiyalarda 
tarqaladi. Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi 
telofaza I
bo‘lib, u qisqa vaqt 
davom etadi. Bu bosqichda xromatinlar despirallashadi, yadro qobig‘i hosil 
bo‘ladi. Xromosomalar soni teng gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani 
paydo qiladi. 
Meyozning birinchi va ikkinchi bo‘linishi o‘rtasidagi bosqich 
inter kinez
deb ataladi. Interfazadan farqli o‘laroq, interkinezda DNK repli katsiyasi 
ro‘y bermaydi. 
Profaza II
mitoz 
profazasidan farq qilmaydi. 
Me tafaza II
da juft xromatidali xromo so malar o‘z 
sentromeralari bilan ekvator tekisligida 
joylashadi. 
Anafa za II
da sentromerlar 
bo‘linib har bir xromatida mustaqil 
xromosomalarga aylanadi. 
Telofaza II
da xromosomalar qutblarga tarqa ladi va 
sitokinez amalga oshadi (32-rasm).
Meyozning biologik ahamiyati. 
Meyoz jarayonida 1 ta diploid to‘plamli 
hujayradan 4 ta gaploid hujayralar ho sil 
bo‘ladi. Meyoz jarayonida sodir bo‘-
la digan konyugatsiya, krossingo ver
gomologik xromosomalarning ta so-
di fi y kombinatsiyalarda tarqalishi tu-
fay li bir-biridan va boshlang‘ich ona 
hujayradan genetik jihatdan farq qiladi. 
Meyoz jarayoni asosida kombinativ 
o‘zgaruvchanlik yotadi. 
Tayanch so‘zlar:
xromosoma, xromatida, geteroxromatin, euxromatin, sentro-
mera, metasentrik, submetasentrik, akrosentrik, amitoz, mitotik sikl, mitoz, 
kariokinez, sitokinez interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, meyoz.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin