Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Gametogenez.
Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni 
gametogenez
deyiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda jinsiy 
hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug‘donda, 
urg‘ochilik jinsiy hujayralar
 
tuxumdonda rivojlanadi. Urug‘don va tuxumdonda 
maxsus zonalar bo‘lib, har bir zonada o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi. 
T/r Zonalar n va c 
Jarayonlar
1
Ko‘payish 
zonasi
2n, 2c
MITOZ. Boshlang‘ich hujayralar mitoz usulida bo‘linib, soni 
ortadi. Ularda xromosomalarning diploid to‘plami saqlanadi
2
O‘sish 
davri
2n, 4c
INTERFAZA. Hujayralarning ayrimlari kattalashadi, oziq za-
xiralarini to‘playdi, DNK miqdori ikki hissa ortadi
3
Yetilish 
davri
n, 2c
MEYOZ. Hujayralar meyoz usulida bo‘linib, 4 ta gaploid 
to‘plamli hujayralarni hosil qiladi
4
Shaklla-
nish davri
n, c
Spermatozoidlarda bosh, bo‘yin, dum qismlari shakllanadi. 
Yadro bosh qismida mitoxondriyalar dum qismida joylashadi. 
Tuxum hujayralarda bittadan ortiq spermatozoidning kirishi-
ga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘shimcha qobiq hosil bo‘ladi 
Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining farqi. 
Ovogenez 
spermatogenezga qaraganda uzoq muddat davom etadi. Chunki tuxum 


73
hujayralarda spermatozoidlarga qaraganda ko‘proq oziqa to‘planadi. 
Spermatogenezning meyoz jarayonida sitoplazma hamma hujayralarga 
teng miqdorda taqsimlanadi. Ovogenezda esa bo‘linayotgan hujayralarning 
faqat bittasiga sitoplazma ko‘p, boshqalariga juda oz miqdorda o‘tadi.
Spermatogenezning oxirida 4 ta bir xil, ovogenezda esa 1 ta yirik, 3 ta mayda 
hujayralar shakllanadi. Mayda uchta hujayra keyinchalik nobud bo‘ladi.Yirik 
sitoplazmaga boy hujayra esa tuxum hujayraga aylanadi (41-rasm).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin