Biolog 10 indd


Mustaqil bajarish uchun topshiriq



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
O‘zlashtirilgan bilimlaringizga asoslanib 
insonlar hayotidagi bioritmlarga misollar keltiring.
17-§. IRSIYATNING UMUMIY QONUNIYATLARI. G.MENDELNING 
IRSIYAT QONUNLARI VA ULARNING MOHIYATI
Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat – organizmning o‘z 
belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasi 
bo‘lib, irsiyat tur doirasidagi individlarning o‘xshashligini ta’minlaydi. Irsiyat 
hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarga tur, zot, navning xarakterli 
belgilarini avloddan avlodga saqlab borish imkonini beradi. 
O‘zgaruvchanlik organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi 
belgilarni hosil qilish xossasidir. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar 
organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik 
tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning 
xilma-xilligini yaratib, tanlash uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa 


81
bu xilma-xillik orasidan eng moslanganlarini saqlab qoladi, o‘zgaruvchanlik 
natijalarini mustahkamlaydi. Tiriklikning bu ikkala xususiyatlari – irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik organik olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi.
Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi dastlabki fi krlar G. Mendel nomi bilan 
bog‘liq.
G. Mendel kashfi yotining yaratilishidan ancha avval sun’iy duragaylash 
usuli qo‘llanila boshlagan, belgilarning dominantlik xususiyatlari kashf 
etilgan bo‘lsa ham, irsiyat qonunlari aynan shu olim tomonidan yaratilgan. 
G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz 
usulini takomillashtirdi. Gibridologik (duragaylash) usul – bir-biridan keskin 
farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish va 
bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan.
Gibridologik usulni qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ayrim 
belgilar (odatda 1 yoki 2 juft alternativ belgilar) irsiylanishini tahlil qilish; 
duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foydalanish; har bir 
individdan olingan avlodni alohida tahlil qilish; juda ko‘p belgilardan bitta 
yoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan bir 
qancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish.
G. Mendel no‘xat (
Pisum sativum
) o‘simligi ustida tajribalar olib bordi. 
Ushbu o‘simlik o‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi, juda ko‘p muqobil 
belgilarga ega (44-rasm). 
sariq donli no‘xat X yashil donli no‘xat = sariq donli no‘xat
silliq donli no‘xat X burushgan donli no‘xat = silliq donli no‘xat
qizil gulli no‘xat X oq gulli no‘xat = qizil gulli no‘xat


82
barg qo‘ltig‘idagi gul X poya uchidagi gul = barg qo‘ltig‘idagi gul 
uzun poyali no‘xat X kalta poyali no‘xat = uzun poyali no‘xat
oddiy dukkakli no‘xat X bog‘imli dukkakli no‘xat = oddiy dukkakli no‘xat 
yashil dukkakli no‘xat X sariq dukkakli no‘xat = yashil dukkakli no‘xat 
No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida 
G. Mendel sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘zaro chatishtirib, 
keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin