83
xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa)
allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar
hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv – Aa) tashkil
topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Birinchi avlod duragaylari o‘zaro chatishtirilganda,
olingan duragaylar
orasida sariq rangli no‘xatlar bilan birga yashil rangli no‘xatlar ham hosil
bo‘ldi. Fenotip bo‘yicha 3:1 nisbatda, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish
yuz berdi. Bu tajribadan G. Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juft
alternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro
chatishtirilganda
keyingi avlodda fenotip va genotip bo‘yicha ajralish beradi. Bu qonun
belgilarning ajralish
qonuni deb ataladi.
Shunday qilib, monoduragay
cha tish tirishda F
2
ning ¾ qismida dominant
allel, ¼ qismida retsessiv allel yuzaga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: