Kalsiyning yoshga bogliq holda normal miqdori
Tugilgandan 6 oygacha 400-500 mg;
7 oydan 1 yoshgacha 700-700 mg;
1 yoshdan 10 yoshgacha 700-900 mg.
Alimentar yol (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy toplanib qolmaydi. Chunki ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qoshimcha ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda toplanib qoladi va tosh hosil bolishiga olib kelishi mumkin.
Gipokalsiyemiyaning klinik korinishi
Hali yurishni organmagan bolakaylarda kalsiy defitsitini faqatgina shifokor aniqlay oladi. Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari quyidagilar bolishi mumkin:
Juda kop terlash, ayniqsa boshning tepa qismida;
Boshning yostiq bilan kop kontakda boladigan sohalarida soch tokilishi;
Tremor (tirishish) holati yiglaganda iyak sohasi;
Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yiglash.
Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning otirish va yurishni boshlagan davriga togri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning kochib tushishi, ogiz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar, bogimlarning deformatsiyalari kozga tashlanadi.
Organizmda kalsiy yetishmayotganini va talvasa holatlari boshlanayotganini bazi bir testlar yordamida aniqlab olsa boladi:
Agar bolakayning ogiz burchagiga barmoq uchi bilan yengil tegilsa, bolaning ogzi qaltiraydi, bu esa kalsiy yetishmovchiligidan dalolat beradi;
Agar bolakayning yelka suyagining orta uchdan bir qismi qol bilan siqilsa, bolakayning barmoqlari tirishadi. Bu holat bola organizmida kalsiy yetishmovchiligining ogir darajasidan darak beradi.
Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari
Kalsiy bola rivojlanishi va normal osishi uchun kerak bolgan element. Uning ozuqa bilan kam tushishi yoki oshqozon ichaklardan sorilishining buzilishi bolalarda raxit kasalligiga olib keladi. Kasallikning bir necha bosqichlari bor va ularning har biri turlicha korinishda namoyon boladi raxit kasalligining erta bosqichlarida bolakaylarda kalsiy yetishmovchiligining umumiy belgilari namoyon boladi: teri gipergidrozi (kop terlash), giperqozgaluvchanlik (tirishishlar, talvasalar), uzoq muddat kontakt natijasida soch tokilishi. Kasallikning bu bosqichida suyak tizimi tomonidan deformatsiyalar kuzatilmaydi.
Maxsus davo choralari korilmaganda raxit avj olib keyingi darajalariga otib ketadi. Bunda birinchi navbatda dispeptik sindromlar yuzaga keladi (qayt qilish, ishtahaning pasayishi, ich kelishining buzilishi) va suyakdagi ozgarishlar. Shu bilan birga qorin old devori mushaklarining tonusi pasayishi natijasida baqa qorni korinishida bolishi. Suyak tizimi tomonidan bolalarda kalla chanogining assimetrikligi, liqildiqlarning yopilmasligi, liqildoqlar cheti yumshab qolishi, tosh suyagi deformatsiyalari (voronkasimon kokrak), umurtqa pogonasidagi qiyshiqliklar (kifoz,skoloiz), oyoqlarning deformatsiyalari (X yoki O simon oyoq) kabi ozgarishlar yaqqol namoyon boladi.
Kasallikni etibordan chetda qoldirib vaqtida davo muolajalari korilmasa, bolaning nogironligiga va jismoniy-ruhiy jihatdan ortda qolishiga olib kelishi mumkin. Raxit kasalligining eng kop uchraydigan asorati: umurtqa pogonasining qopol deformatsiyasi va qiyshiqligi, katta kalla chanogi, tam bilishda ozgarishlar, yani adashtirib qoyishlar, oyoqlarning qiyshayishi natijasida yurishdagi ozgarishlar, kokrak qafasi va tosh suyagi deformatsiyasi, yurak va opkaning normal funksiyasi buzilishi, yassi chanoq (qiz bolalarda kelajakda farzand dunyoga keltirishda qiyinchilik tugdiradi), ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi (miopiya) kabilar.
Maktabgacha bolgan yoshdagi bolalarda kalsiy yetishmovchiligi suyaklarning tez-tez sinishi korinishida namoyon boladi. Bunga bogimlaragi deformatsiyalar va anemiya holatlari ham qoshiladi.
Dostları ilə paylaş: |