mahsulotlari: okorok, rulet, bujenina, vetchina (turli shaklda), sheyka, filey, bekon, koreyka,
grudinka, rulki va golyashkalar.
Molning dudlangan mahsulotlari: ruletlar, go' sht va h.k. Qo'yning dudlangan
mahsulotlari: okorok, ruletlar va grudinka. Mol, cho' chqa va qo 'y go' shtidan tayyorlangan
yarim fabrikatlar va oshxona uchun ishlatiladigan go'sht va tugilgan tayyor chuchvaralar.
Barcha turdagi chorva hayvonlari va parrandalaridan tayyorlangan go'sht konservalari,
makaronli go'sht konservalari, o'simlik (sabzavot aralashtirilgan) go'sht konservalari.
Konsentratlar: go'sht" kukuni, sho'rva kubiklari, go'sht va sabzavotdan tayyorlangan suyuq
taomlaming quritilgan va qadoqlangan turlari. Iste'mol uchun albumin va jelatin.
Texnik mahsulotlar sifatida quyidagilar ishlab chiqariladi: Barcha tur hayvon ichaklari
(tuzlangan va quritilgan holda. Ulardan cholg'u asboblarining torlari yasaladi).
Tuzlangan
hayvon terilari (mol, qo'y, cho'chqa va boshqa tur hayvonlamiki bo'lishi mumkin). Cho'chqa,
mol, qo'y va boshqa tur hayvonjuni. Texnik yog'lar, moylash uchun foydalaniladigan hayvon
yog'lari. • Hayvonlar uchun oziqabop un, shuningdek, go'sht uni, go'sht-suyakuni, qon uni,
o'g'it uchun chiqitlar. • Qondan tayyorlangan fabrikatlar: texnik albumin, hayvon va
parrandalar uchun ozuqa qo'shimtalari. Yelim, texnik jelatin va sovunlar shular jumlasidandir.
Tibbiyotda foydalaniladigan preparatlar, dorilar va maxsus mahsulotlar: •
Tayyor
holda, davolash uchun preparatlar. Ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlangan yarim fabrikatlar.
Ferment mahsulotlari va boshqalar. Keng miqyosda foydalaniladigan mahsulotlar: ulaming
nomlari va assortimenti ko'p bo'lgani holda, asosan hayvon suyaklari va shoxlari hamda
tuyoqlaridan tayyorlanadi. Go'sht sanoati oldida turgan eng muhim masala xalqimizni yarim
tayyor va iste'mol uchun tayyor mahsulotlar, bolalar va qariyalar uchun parhez oziqovqat
turlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot o'zining
yuqori
sifatliligi, oqsil, vitamin va mineral moddalarga boy bo'lishi bilan dunyo standartlari
talabiga javob bera olishi kerak. Tayyor mahsulotlar chiroyli va ixcham idishlarga solingan
holda qadoqlangan va xaridorgir bo'lmog'i lozim. Bu borada bizning korxonalar va fermer
xo'jaliklari chet mamlakat investorlari bilan qo'shma korxonalar barpo etmoqlari kerak.
Ulardagi barcha zamonaviy texnika va texnologiyani O'zbekistonga olib kelish va unga mos
laboratoriya xonalarini qurish va foydalanishga topshirish ishlarini jadallashtirish hayot
taqozosidir.
«Kolbasa», deb po'stloqqa o'ralgan yoki o'ralmagan holda, issiqlik yordamida ishlov
berilgan va iste'mol uchun tayyorlangan go'sht qiymasiga aytiladi. Kolbasa o'zining
to'yimliligi, mazasi va yoqimliligi bilan boshqa turdagi go'sht mahsulotlaridan ajralib turadi.
Uni tayyorlashda go'sht
tarkibidagi suyak, tog'ay, chandir, biriktiruvchi to'qimalari olib
tashlanadi hamda unga tez va yaxshi hazm bo'ladigan cho'chqa yog'i va turli ziravor
qo'shimchalar solinadi. Kolbasa tayyorlashda past navli yog'siz, oriq hayvon go'shtlari, go'sht
chiqitlari va subproduktalar ham ishlatilishi mumkin. Ulaming oziqlik qiymati, hazm bo'lishi
va kalloriyasi tayyor mahsulotda birmuncha yuksak darajada bo'ladi. Qiymalangan go'shtga
turli xildagi oziqaviy qo' shimchalaming (qon, yog'sizlantirilgan sut, sut zardobi, soya oqsili
va h.k.) qo'shilishi uning biologik qiymatini va xushxo'rlik xususiyatini oshiradi.
Ishlatiladigan mahsulotning sifati unga ishlov berish usuliga ko'ra tayyorlanadigan kolbasalar
bir qancha guruhlarga bo'linadi.
Masalan, qaynatilgan, chala dudlangan, dudlangan (xomligicha dudlangan va qaynatib
dudlangan), qiymaligicha, sosiskalar, sardelkalar, go'sht nonlari, liver kolbasalar, pashtetlar,
qondan tayyorlangan kolbasalar va dildiroq kolbasalar shular jumlasidandir. Go'sht
sanoati
tomonidan barcha turdagi chorva hayvonlar (qo'y, yilqi, tuya, bug'u, parranda, quyon va h.k.)
Go'shtidan ham kolbasalar tayyorlash ishlari qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: